10:54
Ravshan Sobirovning yulduzligi “tugab”, Abduvali Rajabovning yulduzligi “boshlandi”…

26-apreldan yurtimizning barcha kinoteatrlarida rejissor: Sanjar Shodiyevning “Seni o’zim boy qilaman” deb nomlangan filmi taqdim etiladi. 25-aprelda esa Alisher Navoiy nomli kino saroyda mazkur filmning dabdabali premyerasi bo’lib o’tdi. Dabdabali deyishimizga ham juda katta asos bor. Sababi xuddi chet ellardagi kino premyeralarga o’xshab ushbu premyerada ham qizil yo’lakcha to’shaldi. Film hayotiy voqealar asosida yaratilgan bo’lib, shou-biznes undagi harakat qilib yurgan jonbozlar, ikki yuzlamachilar, o’zini yo’qotib qo’ygan yulduzchalar, onasining so’nngi daqiqalariga yetib kela olmagan armonli xonanda haqida hikoya qiladi. Filmning faqat birgina lavhasini sizga ham ilindik. Ya’ni filmda mashhurlikka erishgan Ravshan Sobirov o’z homiysini ham bir tiyinga olmaydi, uni haqoratlaydi. Oqibatda esa homiy unga achinib boshqa bir yigitni ya’ni Abduvali Rajabovni yulduz darajasiga olib chiqadi. Film bugundan boshlab barcha kinoteatrlarda namoyish qilinmoqda, bizningcha filmga tushsangiz ketgan vaqtingizga achinmaysiz.

maqola muallifi: Feruz Muhammad

 















 

 
Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 737 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]