19:03
Bahrom Nazarovning davomli konsertlaridagi davomli qarsaklar

Xonanda Bahrom Nazarov yurtimiz bo’ylab gastrol konsertiga yo’l olgani haqida avvalroq ham xabar bergan edik. Shu vaqt mobaynida ya’ni gastrol konserti boshlanganidan toki hozirgacha Bahrom Nazarov Parkent tumani kurash arenasida, To’raqo’rg’on o’yingohida, Kosonsoy o’yingohida, Uychi o’yingohida, Norin o’yingohida, Namangan amfiteatrida, Xonabod shahar kurash maydonida, Xo’jabod tumani Dinamo o’yingohida, Chinobod tantanalar saroyida, Paxtabod o’yingohi, Shahrixon o’yingohida, Alisher Navoiy nomli amfiteatrda konsert dasturlarini taqdim qildi. Ayni kunlarda Nazarov Farg’ona viloyatida konsert dasturlarini davom ettirmoqda. Konsert dasturlari iyun oyiga qadar davom etib yana yigirmadan ortiq dasturlar o’tkazish maqsad qilib qo’yilgan. O’tgan yili “Unutilmas kunlar” deb nomlangan konsert dasturida Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatidagi gastrol konsertlar to’xtatilgan edi. Bu yilgi “Shukrona” deb nomlangan gastrol konsertida esa Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatiga ham borib muxlislar ko’nglini dilrabo qo’shiqlar bilan ko’tarishni Nazarov o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Eslatib o’tamiz mazkur konsertda Nihol mukofoti sovrindori Yulduz Nizomova ham mehmon san’atkor sifatida dasturga alohida fayz olib kirmoqda. Konsert tashkilotchisi “Mo’jiza media” hamda  Davron Soipovning mehnatlari alohida tahsinga loyiq. Qayt etib o’tish joizki Bahrom Nazarovni muxlislar juda katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olishmoqda. Dasturda Bahrom Nazarovning “Istiqlol” san’at saroyidagi ilk yakkaxon konsert dasturida kuylagan qo’shiqlari va Alisher Navoiy g’azali asosida kuylangan “Yo rab” taronasi muxlislar e’tiboriga havola qilinmoqda. Oldinda dasturlar bisyor shunday ekan saytimiz nomidan Bahrom Nazarov  va uning ijodiy jamoasiga omad tilab qolamiz…

maqola muallifi: Feruz Muhammad
 














 

 
Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 737 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]