Ziyodaning to'yi Noyabr oyida...mi?
Shu kunlarda "Nihol” mukofoti sovrindori Ziyodaning turmushga chiqayotgani haqida so'rab ko'plab muxlislarimiz murojaat qilishyapti...
Ularning aytishicha, xonandaning visol oqshomi noyabr oylariga mo'ljallangan emish. Bu savolga javob olish uchun Ziyodaning o'ziga qo'ng'iroq qildik. Go'shakni xonandaning ma'muri ko'tardi:
— Bo'lmagan gap. Bu xabarni sizlardan eshityapmiz. Ziyoda hozir faqat ijod bilan mashg'ul!
Mana sizga haqiqat. Ammo, "shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi”.
|