19:11 Yuksak darajada o'tgan konsert haqida!!! | |
![]() Konsertdan bir qator fotosuratlarni ham bugun sizlarga taqdim etmoqdamiz. Fotosuratlarni ko'rib, siz dekoratsiya unchalik chiroyli chiqmaganligini ko'rishingiz mumkin. Ammo, gap dekoratsiyada ham emas ekanligini Ulug'bek Rahmatullaev isbotlab bera oldi. Ba'zan juda ham a'lo darajadagi qimmatbaho dekoratsiya qurilgan konsert dasturlariga tashrif buyuramiz, ammo bunday iliqlik, bunday muhitni o'sha konsertlarda uchratib bo'lmaydi. Ulug'bek ijodi bugungi kunda borgan sari porlab bormoqda. Bunga sabab eng avvalo, uning o'zidagi intilish, o'z ishiga bo'lgan ma'suliyat, qolaversa o'z atrofidagi hamkasblariyu, do'stu-birodarlari bilan bo'lgan chiroyli muomalasida deb o'ylayman. Bu hususiyatlar Ulug'bekni ijodiga ham ijobiy tasir ko'rsatayotganligi aniq. Konsert dasturi haqida juda ham ko'p ma'lumotlarni aytib o'tish mumkin. Ammo, men qisqaroq qilib barchasini bayon qilishga harakat qilaman. Ulug'bek Rahmatullaev bugungi kunda o'zi istagan cho'qqiga chiqib ulgurdi. Buni kechagi konsert dasturidan sezish mushkul emas edi. Konsertga tashrif buyurgan mehmon yulduzlarni sanab sanog'iga ham yetolmay qolasiz. Shahzoda, Lola, Shahnoz, G'ulomjon Yoqubov, Mavluda Asalxo'jaeva, Rayhon, "Bojalar" guruhi, "Afruz" guruhi, xullas deyarli barcha yulduzlar mana shu konsert dasturiga tashrif buyurish uchun o'z qimmatli vaqtlarini ayamadilar. Ularga ham Ulug'bekning ijodi qiziq bo'lganligi sababli konsert dasturining boshidan oxiriga qadar tomosha qilib o'tirdilar. Konsert zal ham butunlay to'lganligi Ulug'bekning hayajoniga yanada ko'proq hayajon qo'shdi. Biz hozircha Rahmatullaevning konsert dasturidan ozgina ma'lumot keltirib o'tdik holos. Nasib qilsa bu mavzuga yana qaytamiz... | |
|
Всего комментариев: 3 | |
| |