Shunday mavzular borki, bu mavzularga qo’l urish san’atkordan juda katta mas’uliyatni talab qiladi. Xonanda Yodgor Mirzajonov dunyodagi eng mo’tabar, aziz inson haqida kuylashga ahd qildi. Xonandaning mazkur qo’shig’i onajonlarimizga ajoyib sovg’a bo’lsa ajab emas. Qo’shiq nomi “Ona” deb nomlangan bo’lib, qo’shiq matni Botir Ergashevga, musiqasi Musaxon Nurmatovga tegishli. Bira to’la klip suratga olishni ham amalga oshirgan xonanda klip rejissorligini Qilich Jumaboyevga ishonib topshirdi. Yodgor Mirzajonov eng mas’uliyatli vazifani qanchalik uddalay olganini qo'shiqni tinglab, klipni ko'rgach bilib olamiz!
Yodgor Mirzajonov - Ona [MP3] (Ko'chirib olish)
Yodgor Mirzajonov - Ona [AVI] (Ko'chirib olish) [KLIP AVI formatda]
Yodgor Mirzajonov - Ona [MP4] (Ko'chirib olish) [KLIP mobil formatda]
maqola muallifi: Feruz Muhammad
|