Bugun shou-biznesda juda ko’p xonandalar ustoz san’atkorlarning qo’shiqlarini qo’llaridan kelganicha kuylayotgani barchaga ma’lum. Ammo shunday holatlar ham bo’lyaptiki bir qo’shiqni ikki xonanda kuylamoqda. Ya’ni Komoliddin Rahmatovga tegishli bo’lgan “Yig’latur” nomli qo’shiqni xonandalar Botir Qodirov hamda Sardor Mamadaliyevlar kuylashdi. Mazkur holat o’zlari qo’shiq yaratishga tanballikdanmi yoki tayyorga ayyorlikdanmi bilib bo’lmaydi. Ko’plar mazkur holatga tasodif niqobini kiygizmoqda, axir bunaqa tasodiflar qachongacha bo’lishi mumkin. Mumtoz adabiyotimizda qanchadan-qancha g’azallar kuyga solinmasdan turgan bir vaqtda, ikki san’atkorning tayyorga ayyorligi kulguli holat. Asrlar oshadigan ijod na’munalari yaratishga qodir ijodkorlar, yangilik yaratishga erinib mavjud, shundayga ham odamlar biladigan qo’shiqlarni kuylashga uyalishsa bo’lardi.
Botir Qodirov - Yig'latur [MP3] (Ko'chirib olish)
Sardor Mamadaliyev - Yig'latur [MP3] (Ko'chirib olish)
maqola muallifi: Feruz Muhamamd
|