10:43
Xonanda Kamilaning klipi "Ello" kanalida 5-o'rinni egalladi

Xonanda Kamillaning “Illuziya” klipi YouTube`ning ELLO kanalida hafta davomidagi eng ommabop kliplar o‘ntaligida 5 o‘rinni egalladi. 3D formatidagi videoklip “Pomidor entertainment” produserlik markazi tomonidan suratga olingan. Klip bosh qahramoni xonandaning o‘zidan chizib olingan.  Mazkur klipning taqdimoti 2015 yilning 27 dekabrida bo‘lib o‘tgan edi. Undan avval esa xonanda qo‘shiqning o‘zbek tilidagi talqini “Meni sevmaganday”ni taqdim etgan edi.“Bu haqda faqat orzu qilish mumkin bo‘lsa kerak. ‘Illuziya’ qo‘shig‘iga ishlangan klip endi ELLO kanalida”, —deb yozgan edi xonanda Facebook`dagi sahifasida. ELLO kanali yirik musiqa kompaniyasi Symbolic Entertainment Group LLC tomonidan 2010 yilda yaratilgan bo‘lib, qisqa muddat ichida YouTube`ning musiqa bo‘limida yetakchi o‘ringa chiqdi. Mazkur kanalning 2 millionta a’zosi bor.

 

maqola muallifi: Feruz Muhammad

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 489 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]