14:21
Ulug`bek Rahmatullayev: “OMADIM KELMADI SEVGI BOBIDA!”

Ulug`bek Rahmatullayev: "OMADIM KELMADI SEVGI BOBIDA!” PREMERA 5 IYUL KUNI! Yaqinda xonanda bilan oshkora suhbat quramiz!!!

So`nggi paytlarda kuylayotgan qo`shiqlari tez tilga tushayotgani uchunmi yoki bir vaqtlar kuylangan xorij qo`shiqlarini qayta sayqallashtirib kuylayotgani uchunmi Rahmatullayev tomonga qiziqish kuchaygan. Shunday bo`lsa-da u indamasdan ijodini davom ettiryapti. Buni u tez orada premera qiladigan yana bir yangi qo`shig`I orqali ham bilib olsak bo`ladi. Qo`shiqning nomi yuqorida aytganimizdek, "Omadim kelmadi sevgi bobida” deya nomlanadi. Qo`shiqni siz 5 iyul kuni bir nechta radioto`lqinlarida birvarakayiga tinglash imkoniga ega bo`lasiz. Bobur Bobomurod she`ri va Ahmad Hojimatov musiqasi asosida kuylangan qo`shiqning g`oyasi xonandaning aytishiga qaraganda bir yilcha oldin tug`ilgan. Premera esa shu kunlarga nasib qilgan ekan. Demak, tinglagandan so`ng o`z fikrlaringizni bildirasiz. Ha aytgancha, yangi qo`shiqqa allaqachon klip ham suratga olinyapti. Rejissyorlar Narimon Sultonxo`jayev va Sanjar Matkarimov. Ajab emas bu ijod namunasi ham yangrashi bilan ommalashib ketsa. Yaqin kunlarda biz Ulug`bek Rahmatullayev bilan oshkora suhbat quramiz. Unga beriladigan haqqoniy savollar ko`p. Sizda bo`lsa siz ham qoldiring. Muxlislar savollariga xonanda mardonavor javob berishga shay ekan. Xullas, Rahmatullayev bilan ijodiy munozaraga tayyorlanamiz…

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 2184 | Добавил: Admin | Рейтинг: 3.1/7
Всего комментариев: 7
7 voy_uz_erkasi  
0
Yana kutamiz

6 voy_uz_erkasi  
0
Omad

5 voy_uz_erkasi  
0
Zor chiqibdi

4 osmon1988  
0
yaxshi

3 PRAPESSOR  
0
Бу йигит кушиклари друстрок. Айникса халиги касал киз клиплиги.

2 farrux f.tuxtaev@mail.ru  
0
xonandaga omad Klass

1 :-)  
0
OMAD YOR B6LSIN

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]