13:07
Uchalamiz guruhi ijodkorlaridan "Uchalamiz" taronasi

Sekin astalik bilan san'at olamiga ilk qadamlar tashlab kirib kelayotgan Uchalamiz guruhi ijodkorlari ayni kunlarda tinimsiz ijod ustida ish olib borishmoqda, guruh ijodkorlari haqida ma'lumot beradigan bo'lsak, Jo'rayev Akmal, Sherboyeva Mahfuza hamda Aliboyev Jo'rabek uch ijodkordan tashkil topgan guruh "Uchalamiz" deya nomlangan bo'lib, guruh a'zolari dastlab nom tanlashda biroz qiyinchiliklarga duch kelishgan so'ngra shu orada guruhning uchta yangi qo'shig'i yaratildi, qo'shiqlar orasida "Uchalamiz do'st edik ..." deya nomlangan tarona ham bor edi. Ayni shu ijod maxsuli uchun klip suratga olinayotgan bir paytda muxlislardan shunday taklif tushdi "qo'shiq nomidan kelib chiqqan holda guruh nomi ham"Uchalamiz" deya nomlanishni aytishdi" Buni qarangki guruh ijodkorlariga bu nom maqul bo'ldi va guruh "Uchalamiz" deya nomlandi. Ayni damda esa ijodkorlar siz muxlislar uchun Akmal Jo'rayev so'zi hamda Jamshid Qosimov musiqasi bilan yaratilgan "Uchalamiz" taronasini taqdim etishmoqda. Marhamat qo'shiqni tinglang va baxo bering. Tez kunda esa yangi klip va yangi ijod maxsullari omma e'tiboriga xavola etiladi.

 

Uchalamiz guruhi - Uchalamiz [MP3] (Ko'chirib olish)

 
Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 582 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]