21:45
Ucell’ning yangi tarifi ommaviy madaniyat targ‘ibotiga tenglashtirildi
Ucell mobil aloqa operatorining yangi – "OK” tarif rejasi "ommaviy madaniyat”ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘bat deya ta’riflandi. Bunday fikr muallif Jasur Jamirovning "Oila davrasida” gazetasida chop etilgan "Marhamat, "Ommaviy madaniyat”ga qo‘shiling, deyapsizmi?” nomli maqola-munosabatida bildirilgan. Bu haqda "Kun” nashri xabar bermoqda.


Muallif gazetalardan birida Ucell aloqa kompaniyasining "OK” nomli yangi tarif rejasi reklamasini ko‘rgani, unda ushbu tarif rejasiga ulanganlar "Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘idan bepul va cheklovsiz foydalanish imkoniga ega bo‘lishi haqida o‘qib hayron qolganini ma’lum qilgan.

Jamirov "O’zbekiston yoshlari o‘rtasida eng ommabop saytlar — ‘Odnoklassniki’, ‘Moy mir’ kabi ijtimoiy tarmoqlar, asosan, hayosizlik, zo‘ravonlikni, buzg‘unchilikni va boshqa shu kabi illatlarni targ‘ib qiluvchi vosita sifatida talqin qilinmoqda”, — deb yozadi. Muallif ushbu tarmoqlarda yoshlarning tafakkurini zaiflashtirishga, ongini buzishga qaratilgan bemaza axborotu ma’lumotlar tobora ildiz otayotganini qo‘shimcha qilgan.

"Tarbiyasi sal sustroq ba’zi yigit-qizlarimiz biz yuqorida tilga olgan saytlar-u ijtimoiy tarmoqlarga o‘zining yarim yalang‘och suratlarini joylashtirib, tuturiqsiz gap-so‘zlari bilan ‘ijod’ qilyapti. Kimlardir esa ularga ‘qulay imkoniyat’ni, ‘bepul sharoit’ni taqdim etyapti. Buni qanday izohlash mumkin?!”, – deb yozadi Jamirov.

Muallif o‘quvchilarga "Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘idan cheksiz foydalanish imkonini beruvchi tarif joriy etilgani va uning ommaviy reklama qilinayotgani ‘ommaviy madaniyat’ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘bat uyg‘otish emasmi?”, — degan savol bilan murojaat qiladi va shaxslar o‘z harakatlarida tanganing ikkinchi tarafini ham o‘ylashi kerakligini ta’kidlaydi.

"Ommaviy madaniyat” tushunchasi haqida "Garchi ‘madaniyat’ deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-ma’nosiga, maqsad-niyatiga ko‘ra ‘ommaviy madaniyat’ chinakam madaniyatning kushandasidir. U yuksak iste’dod va o‘lmas ma’naviy-axloqiy g‘oyalar bayroqdori bo‘lgan mumtoz madaniyatga, san’atga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib, uni inkor etib kelyapti”, — deb yozadi "Ma’rifat” gazetasi.

"Kun” yozishicha, "Odnoklassniki” o‘zbekistonlik internet-foydalanuvchilari eng ko‘p tashrif buyuradigan sayt hisoblanadi. Qayd etish joiz, rasmiy ma’lumotlar bo‘yicha, 2012-yil oxiriga kelib O’zbekistondagi internet-foydalanuvchilar soni 10 millionga yaqinlashgan edi.



Manba: daryo.uz
Категория: Mutoala sahifa | Просмотров: 1285 | Добавил: zevs | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 5
5 voy_uz_erkasi  
0
hm

4 voy_uz_erkasi  
0
hm

3 voy_uz_erkasi  
0
manga uceldan norm tarif kere

2 voy_uz_erkasi  
0
rahmat

1 Begzod_91  
0
malumotlar u.n raxmat

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]