15:53
Tuyg'ular oroli...yohud Diamond sohili...
Bir vaqtlar butun tuyg’ular va
tushunchalar yashaydigan bir
orol bor ekan. Shodlik, Qayg ’u,
Bilim va boshqalar… Sevgi ham u
yerda ekan. Bir kuni orol suvga
ko ’milayotganligi haqida xabar kelibdi. Shuning uchun hamma
orolni tark etish maqsadida
qayiqlarlarini tayyorlay boshlabdi.
Sevgi orolda qolgan eng so’ngi
tuyg’u ekan. Chunki u mumkin
bo’lgan eng so’ngi onga qadar kutmoqchi bo’libdi. Orol
butunlay suvga botib ketar
chog’ida boshqa chorasi
qolmaganligi uchun Sevgi -
yordamga chaqira boshlabdi.
Boylik juda katta bir kemada ekan. "Boylik, meni yoningga
olasanmi?” – deb so’rabdi Sevgi.
"Yo’q” – debdi Boylik,
"Ololmayman, kemamda juda
ko’p oltin va kumushlar bor.
Senga joy qolmadi” Sevgi juda chiroyli bir yelkanli qayiqdagi
Kibrdan yordam so ’rabdi: " Kibr,
iltimos, menga yordam ber!” "
Senga yordam bera olmayman,
Sevgi, shalabbo bo’lib yotibsan
va yelkanlarimni bulg’ashing mumkin”. Qayg’u ham shu
yaqinlarda ekan. Sevgi unga
yuzlanibdi: "Qayg’u sen bilan
ketay…” " Uff…Sevgi, shu qadar
yomonmanki, yolg’iz
qolmoqchiman” debdi Qayg’u. Shodlik ham Sevgining yonidan
o’tibdi, ammo shu qadar shod-
xurram ekanki, Sevgining
chaqirganini eshitmabdi ham …
Shunda Sevgi kimningdir ovozini
eshitibdi: "Kel Sevgi! Seni yonimga olaman”. Gapirgan
Sevgidan ancha yoshi ulug’ kishi
ekan. Sevgi o’zini shu qadar
omadli va baxtli his etbdi-ki, uni
o’z yoniga olgan kishining kim
ekanligini so’rash yodidan ko’tarilibdi. Yangi bir quruqlik
parchasiga yetganlarida, Sevgini
qutqargan kishi o’z yo’lida
davom etibdi… Undan qanchalar
qarzdor bo’lib qolganligini
sezgan Sevgi, Bilimdan so’rabdi: "Menga yordam bergan kim
edi ?” "U Vaqt edi”, - deb javob
beribdi Bilim "Vaqt-mi? U nega
menga yordam berdi?” Bilim
jilmayibdi: "Chunki faqat
Vaqtgina sening naqadar buyuk ekanligingni tushunib, qadringni
bila oladi …”
Категория: SEVGI | Просмотров: 2852 | Добавил: faqatsanisevaman | Рейтинг: 4.0/3
Всего комментариев: 111 2 »
11 7812889  
0
Ajoyib deb xisoblayman

10 temur Baltabaev  
0
ajoyib

9 guliw3266  
0
tasirli xikoya ekan

8 boryajon  
0
ajoyib klass

7 voy_uz_erkasi  
0
Hm

6 voy_uz_erkasi  
0
Yana bomi

5 voy_uz_erkasi  
0
Omad tiliman

4 voy_uz_erkasi  
0
Rahmat mal un

3 Uzbekistan  
0
Malumot u.n rahmat.

2 nisarahmaduzbek  
0
zubek telidan

1-10 11-11
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]