Umar Shamsievning "Taqdir"i bugundan boshlab hammaga ayon bo'ladi. Umar o'zining navbatdagi sokin taronasini keng ommaga taqdim etmoqda. "Taqdir" nomli tarona va unga ishlangan klip sizni diqqatingizni o'ziga torta olishiga ishonchimiz komil. Zero, mutlaqo yangicha uslubdagi klipni kim ham tomosha qilishni istamaydi, deysiz?
Bu klipni qandaydir foto-klip, deb atasak ham bo'lsa kerak. Qandaydir jonli fotosuratlardan tashkil qilingan mazkur videoklip shaxsan meni diqqatimni shu zahoti o'ziga jalb qildi. Bu yangilik bilan Umar Shamsievni bemalol tabriklashimiz mumkin. "Taqdir" klipining so'nggi lahzalarini diqqat bilan tomosha qilishni tavsiya qilamiz. Zero, siz hali Umarni bu ko'rinishda ko'rmaganligingiz aniq!!!
|