12:59
Shohjahon Ergashevdan tez kunda yangi premyera "BEKAT"

"Mayli Sensiz" hamda "Yor-Yor" qo'shiqlari bilan muxlislarimiz qalbini zabt eta olgan honanda va bastakor ShohJahon Ergashev ijodidan yangi mega premyera "Bekat" tez kunda . . . ! Honanda va bastakor haqida qisqacha ma'lumot beradigan bo'lsak, ko'pgina muxlislarga manzur bo'lgan Jasur Umirovning "Atirgul" hamda "Maria" qo'shiqlar muallifi bo'lgan ShohJahon Ergashevning o'z ijodida ham kutilayotgan yangi premyeralar talaygina va shuni ta'kidlab o'tish joizki tez kunda honanda Jasur Umirov ijodida ham yangi mega premyera siz muxlislar e'tiboriga xavola etiladi. Bu qo'shiq ham ShohJahon Ergashev tomonidan yozilgan bo'lib, Jasur Umirov ijodida keskin o'zgarishlarga sabab bo'ladi deya umid qilamiz. Ayni damda honanda yosh iste'dodli compozitorlar Sunnat Ahmedov hamda Axror Murodovlar bilan ijodiy hamkorlik qilib kelmoqda. Saytimizni kuzatib boring va ShohJahon Ergashev hamda Jasur Umirovdan premyeralarni kutib qoling. Biz ham saytimiz nomidan bu ikki ijodkorga omad va ijodiy barkamollik tilab qolamiz. 

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 620 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]