14:24
Shoh Jahon Jo’rayevdan eski xitning yangi talqini…

Bugun deyarli barcha xonandalar ustozlar tomonidan kuylangan qo’shiqlarni yangi talqinda kuylamoqda. Ko’plari qo’shiqning ohorini to’kkani uchun muxlislar tomonidan ayovsiz tanqidlarga uchrayotgani ham bor gap. Ko’plab muxlislar essiz shunday qo’shiqni buzibdi degan so’zlarni ham aytishmoqda. Har bir qo’shiqqa alohida mehr-muhabbat bilan yondashadigan, so’zni ustoz san’atkorlar darajasida qadrlaydigan Shoh Jahon Jo’rayev ham 80 yillardagi eng ommalashgan Halimjon Jo’rayev tomonidan kuylangan “Chekka bir qishloq” nomli qo’shig’ini qayta kuyladi. Halimjon Jo’rayev so’zi va musiqasi bilan yaratilgan mazkur taronaga Maqsud Bekmurodov tomonidan musiqiy sayqal berilgan. Ushbu ijod mahsuli uchun “Shaydo Cinema” studiosi tomonidan Shuxrat Mavlonov rejissorligi ostida klip ham suratga olindi. Har doimgidek eng xolis baho muxlislardan…

 

Shoh Jahon Jo'rayev - Chekka bir Qishloq [MP3] (Ko'chirib olish)

Shoh Jahon Jo'rayev - Chekka bir Qishloq [AVI] (Ko'chirib olish) [KLIP AVI formatda]

Shoh Jahon Jo'rayev - Chekka bir Qishloq [MP4] (Ko'chirib olish) [KLIP mobil formatda]

 

maqola muallifi: Feruz Muhammad

 
 
Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 548 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]