19:03 Shahzoda barchani raqsga chorlaydi!! | |
![]() "Lyublyu tebya" qo'shig'i orqali barchamizga tanish bo'lgan Kalen Moraru navbatdagi qo'shiqning ham bastakori hisoblanadi. "Qo'llar tepaga" taronasining matni esa "Benom" guruhi xonandasi Komil qalamiga mansub. Mazkur sho'x, raqsga chorlovchi qo'shiqqa esa klipmeyker Yodgor Nosirov tomonidan ajoyib klip ham tasvirga tushirildi. Hozirda montaj ishlari olib borilayotgan klipdan bugun sizlarga fotosuratlar taqdim etamiz. Klip davomida siz Shahzodani 3 xil libosda ko'rishingiz mumkin. Liboslarning biri "Guli" brendidan milliy libos bo'lsa, qolgan ikkitasi retro hamda zamonaviy ko'rinishda. Klipda siz barchaga o'zining komik obrazlari bilan yaxshi tanish bo'lgan Halimani hamda, Muhammadali Iskandarovni ko'rishingiz mumkin. Biz o'z o'rnida mazkur klipni suratga olib taqdim etishda o'z mehnatlarini ayamayotgan ijodkorlarga kuch quvvat va kelajakdagi ishlariga omadlar tilab qolamiz. Shahzodadan esa ajoyib kliplarni kutib | |
|
Всего комментариев: 1 | |
| |