11:54
«Seni o‘zim boy qilaman» Shou biznesning haqiqiy yuzini ochadigan film.

Rejissyor Sanjar Shodiyev uzoq tanaffusdan so‘ng «Seni o‘zim boy qilaman» nomli film suratga oldi. Mazkur film shou-biznesda bo‘layotgan barcha voqealarni, oddiy tomoshabin xayoliga ham keltirmagan jihatlarni ochib bera olgan.  
Kinochilar maishiy, oilaviy, o‘ldim-kuydim mavzulardan qochib o‘zlarini-o‘zlari ya’ni shou-biznesning nuqsonlarini ko‘rsatib berishga jazm qilishi yaxshi albatta. Bu kamchiliklarni qay darajada ko‘rsata olishganiga premyerada guvoh bo‘lamiz. Haqiqatni olib chiqqan bo‘lsalar alqaymiz,  shunchaki qo‘l uchida film ishlangan bo‘lsa tanqidni ham ayamaymiz. 
Filmda Javohir Zokirov, Zarina Nizomiddinova, Adiz Rajabov, Abduvali Rajabov, Doston Ubaydullayev, Ravshan Sobirov, Shohida Ismoilova, Sharof Muqimov, Alisher Otaboyev,  Sanjar Shodiyev xullas qirqqa yaqin mashhurlar rol ijro qilishgan. 
Ma’lumotlarga qaraganda filmning Alisher Navoiy nomli kino saroyda bo‘lib o‘tadigan premyerasi dabdabali va yulduzli premyera bo‘lishi kutilmoqda. Chunki ushbu kun ya’ni 25-aprelda qirqdan ortiq yulduzlar premyerada muxlislar xizmatida bo‘lishadi. 
Film premyerasi juda ham kechikdi. Buning sababini 25-aprelda yurtimizning barcha kinotetarlarida bo‘lib o‘tadigan premyerada rejissyor Sanjar Shodiyevning o‘zidan bilib olamiz.
Eslatib o'tamiz mazkur filmni yurtimizning barcha kinotetarlarida 26-apreldan tomosha qilishingiz mumkin. Takror eslatamiz shou-biznes haqidagi bunaqa film hali suratga olinmagan. 

 

Seni O'zim Boy Qilaman - Intro (Ko'chirib olish) [ROLIK AVI formatda]

maqola muallifi: Feruz Muhammad

 
Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 614 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]