19:24 «SeTanho» muxlislari bilan uchrashdi! | |
![]() Barchamiz bilamizki, "Setora" nomi hozirda Feruza, Kamilla va Laylo triosiga tegishli emas. Biroq, aynan mana shu 3 qizning "Setora" tarkibidagi ijod namunalari o'zbek shou-biznesining eng hit taronalari safida yetakchilik qilganini, hattoki hozir ham uncha-buncha qo'shiqdan ustun ekanligini hech kim inkor eta olmaydi. Guruh qizlari "Tarona Records" kompaniyasi bilan shartnomasi bekor qilingandan so'ng "SeTanho" nomi bilan bir muddat ijod qilganini va keyinchalik hammalari o'z shaxsiy hayoti bilan ovora bo'lib qolganlaridan ham xabaringiz bo'lsa kerak. Bugungi kunga kelib, sobiq "Setora"chilar hali-hanuz birgalikda ekanliklari, do'stona munosabatlari buzilib ketmaganliklari esa hammani ham hayratga soladi, ham quvontiradi. Zero, buncha uzoq vaqt mobaynida do'stlashgan yulduzlar, turli guruh xonandalari topilishi juda qiyin. Hattoki, ularning muxlislari ham o'z sevimlilarini yolg'izlatib qo'yishmagan. Buni tasdig'ini esa biz bugun guvohi bo'ldik. 2012 yil 14 oktyabr kuni shahrimizda joylashgan "Olimpiya" kafesida "SeTanho" guruhi a'zolari Laylo hamda Kamilla o'z muxlislari bilan uchrashdilar. Bu uchrashuv guruh a'zolarining shunchaki uchrashuvi emas, balki guruhning yana bir xonandasi Feruza Latipovaning tug'ilgan kuni munosabati bilan tabriklash uchun ham uyushtirilgan desak, mubolag'a bo'lmasa kerak. Feruza ayni kunlarda AQSHda tahsil olmoqda. Kamilla hamda Laylo esa o'z dugonalarini mutlaqo ajoyib tarzda muborakbod etish uchun o'z muxlislarini jamlab, Feruzani tavallud kunini Toshkentda nishonlashdi. Qoyil, deyishdan o'zga so'z topa olmaysan kishi. Bunday ahillikni faqatgina havas qilish mumkin. Bu kechani tashkil qilishda Laylo hamda Kamillaga ularning juda ham ashaddiy muxlislari, yaqin do'stlariga aylanib qolgan Samir ismli yosh yigitchaning hissasi katta bo'ldi. Barcha muxlislar kafega tashrif buyurgach, Laylo va Kamilla o'z iPad hamda iPhonelari orqali Skype orqali Feruza bilan aloqaga chiqdilar. AQSHda endiga kun chiqayotgan mahalda, ya'ni AQSH vaqti bo'yicha soat 6:00da Feruzani uyqudan uyg'otib uni jonli ravishda barcha muxlislari bilan birgalikda muborakbod etdilar. Bunday ajoyib sovg'ani menimcha faqatgina orzu qilish mumkin. Hattoki, Feruzaning tug'ilgan kuni deb tort ham olib kelingan! Xullas, tug'ilgan kun egasi bu yerda bo'lmasada, tavallud ayyom risoladagidek nishonlandi. Ushbu uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar Feruzani muborakbod etish bilan bir qatorda o'z sevimli yulduzlaridan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob ham oldilar. Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi ham Feruza Latipovani bugungi tavallud kuni munosabati bilan chin dildan muborakbod etib qolamiz. Unga eng ezgu tilaklarni tilagan holda, doimo sog' va salomat bo'lsin deb qolamiz. "SeTanho" guruhiga esa kelajakda omad yor bo'lib, o'sha biz sevgan "Setora" guruhi davridanda yuqoriroq cho'qqilarni zabt etishiga tilakdoshmiz | |
|
Всего комментариев: 3 | ||
| ||