Sardor Mamadaliyevning so’nggi konsert dasturi anchagina muhokamalarga sabab bo’lganidan xabaringiz bor. Xonanda bundan qanday xulosa chiqarganini keyingi konsert dasturlarida bilib olamiz. Shu vaqtgacha uncha-muncha filmlarda suratga tushishga rozilik bermaydigan aktyor Karim Mirxodiyevni o’z klipida suratga tushirishga ko’ndira olgani barchani hayratda qoldirdi. Mazkur qo’shiq va video ketma-ketlik "Dil yarasi" deb nomlangan bo’lib, klipda Mirxodiyevdan tashqari yilning eng yaxshi aktirisasi deb topilgan Yulduz Rajabovaning ham ijrosini ko’rishingiz mumkin. Sardor Mamadaliyev yilni o’zgacha g’ayrat bilan boshlayapti, ko’ramiz klipni muxlislar qanday kutib olishar ekan.
Sardor Mamadaliyev - Dil yarasi [MP3] (Ko'chirib olish)
Sardor Mamadaliyev - Dil yarasi [AVI] (Ko'chirib olish) [KLIP AVI formatda]
Sardor Mamadaliyev - Dil yarasi [MP4] (Ko'chirib olish) [KLIP mobil formatda]
maqola muallifi: Feruz Muhammad
|