20:26
REKLAMA ORTIDAGI PULLAR
Bugungi kunimizni reklamasiz tasavvur qilish mushkul. TV, radio, gazetalar va hatto ko`chalarimiz ham reklamalar bilan to`lib toshgan. Kimlargadir reklama tomosha qilish yoqmasa, yana kimlardir o`z ishini shu orqali yurityapti. Mashhurlar ham bundan mustasno emas. Ular reklamalarda suratga tushish orqali mo`maygina daromad ishlab olishyapti. Masalan, tennischi Mariya Sharapova reklamada suratga tushish orqali tennisdan topgan pullaridan ko`ra ko`proq miqdorda pul topadi. Hozir biz Rossiya va G`arb yulduzlarining reklamadan topayotgan daromadlari haqida ma`lumot berib o`tamiz... DEMAK, ROSSIYA YULDUZLARI:Dima Bilan o`tgan yili Yevrovideniya tanlovida g`olib bo`lganidan buyon jinsi mahsulotlari reklamasida suratga tushadi. Bu orqali o`shiqchi yiliga 1 million dollarni qo`lga kiritadi."Blestyashiye” guruhining sobiq a`zosi, hozirda o`z yakkaxon faoliyatini boshlagan Janna Friske dezodorantlar reklamachisi hisoblanadi. Bu ish Jannaga yil davomida 500 ming dollarni taqdim etadi.
Millionlab muxlislarga ega Sofiya Rotaru reklamalardan 200 ming dollar atrofida pul ishlab topadi. U asosan kungaboqar moylari reklama roligida suratga tushadi.
Anastasiya Zavorotnyukni o`zbek muxlislari ham sharbat reklamasida ko`p ko`rishgan. Sharbatlar xonandaga har yili 150 ming dollar foyda beradi.
Cho`lpan Xamatovani brilliantli soatlar reklamasida tomosha qilamiz. U bu xizmati uchun 150 ming dollar miqdoridagi mablag`ga ega bo`ladi.
G`ARB YULDUZLARI MILLIONLAR OG`USHIDA:
Gollivud go`zali Ketrin Zeta-Jons kinoda ham ko`p gonorar olishi bilan mashhur. Telefon operatori kompaniyasi esa uning daromadlariga har yili yana 20 million dollarni qo`shib beradi. Sababi Ketrin ularning reklama roligida suratga tushadi-da.
Nikol Kidmanni biz atirlar reklamasida ko`rishimiz mumkin. Bu bizga atir haqida ma`lumot beradi, Nikolga esa yiliga 12 million dollar qo`shimcha daromad.
Anjelina Joli yil yakuniga ko`ra eng qimmat gonorar oladigan aktrisalar ro`yxatida ikkinchi o`rinni band etib turibdi. Aqlli Gollivud yulduzlari ro`yxatida esa u 33-o`rinni egallagan. Ko`pgina davlatlardan qarovchisi yo`q bolalarni o`ziga farzand qilib olib, alohida e`tibor qozongan aktrisa reklamalardan har yili 12 million dollar pul ishlab topadi. Uning bu sohadagi asosiy yo`nalishi turli xil kiyim-kechaklar.
Xotini ishlaganida albatta eri ham qarab turmasligi kerak. Shuning uchun Bred Pitt ham o`ziga ma`qul soha reklamasida suratga tushishni boshlab yubordi. U pivo ichimligini reklama qilyapti. Bu unga yil davomida qo`shimcha 5 million dollarni taqdim etadi.Gvinet Peltrouga ayollarga xos mahsulotlar reklamasini taklif etishgan. U parfyumeriya reklamachisi hisoblanadi. Bu ishi uchun aktrisa yiliga qo`shimcha 3 million dollarga ega bo`ladi.
Sharliz Teron ham hamkasbi Nikol Kidman kabi atirlar reklamasida suratga tushadi. Ammo buning uchun u Nikoldan olti barobar kam pul oladi. Ya`ni u yiliga 2 million dollar to`lashlariga rozi bo`lgan.
Mana xorij mashhurlarining reklamalardan topayotgan pullari haqida ma`lumotga ega bo`ldingiz. O`zimizning yulduzlarimiz orasida ham yaxshigina mablag` orttirganlari bor. Ammo ularning bu faoliyati uzoqqa cho`zilmaydi.
Категория: DUNYO YANGILIKLARI | Просмотров: 1101 | Добавил: Zokir1994 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 4
4 RAB_ALLAHA  
0
Ohoooo

3 voy_uz_erkasi  
0
Omad

2 voy_uz_erkasi  
0
Rahmat mal un

1 voy_uz_erkasi  
0
Voy bö shock

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]