11:00 Ravshan Ermatov Hindiston Superligasi o‘yinlarini boshqarish uchun ikkinchi marta taklif oldi | |
Hindiston Futbol Federatsiyasi taklifiga ko‘ra Ermatov brigadasi 17—26-dekabr kunlari oralig‘ida Hindiston Superligasi o‘yinlarini boshqarib boradi. Ushbu bahslarda Ermatovga qanotlarda FIFA laynsmenlari Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam beradi. Eslatib o‘tamiz, bu Ermatov va uning brigadasi uchun Hindiston Superligasidan ikkinchi taklifdir. Bir necha kun oldin beshinchi marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan Ravshan Ermatov, bungacha 15—25-noyabr kunlari Hindiston Superligasi uchrashuvlarini boshqargan edi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |