01:37
Ranvirning kelishiga xojat qolmadi…

Noyabr oyida “Istiqlol” san’at saroyida birin ketin Bahriddin Zuhriddinov, Ulug‘bek Rahmatullayev, Bahrom Nazarov, Botir Qodirov, Sardor Mamadaliyev va yana bir qancha san’atkorlarning konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi. Shu san’atkorlar orasidan eng ko‘p tanqid qilinadigani, deyarli har bir qo‘shig‘idan kamchilik topiladigani bu Bahriddin Zuhriddinov edi. “Jo‘shqin qalbim sadosi” nomli ilk yakkaxon konsert dasturi haqidagi xabarni ham jurnalsitlar “hali vaqtli emasmidi” deya kutib olishgan edi. Ammo voqea umuman boshqacha yakun topdi.
Konsert dasturini “Zamin konsert” tashkillashtirib, konsert rejissorligini Sa’dulla Abdullayev o‘z bo‘yniga olgan edi. Ko‘pchilik jurnalistlar Sa’dulla Abdullayev Zuhriddinovning konsert dasturiga rejissorlik qilishini bilgach demak hammasi o‘zgacha bo‘ladi degan fikrga borishdi. 
Konsert dasturi avvalida  O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova va Bahriddin Zuhriddinovning ota onalari kelib konsert fayzli o‘tsin, muxlislar minnatdor bo‘lishsin, doimo xalqning xizmatida bo’l deya niyatlar qilishdi.
Konsert dasturi juda ko‘tarinki kayfiyatda, Bahriddin Zuhriddinovning eng xit qo‘shiqlari sadosi ostida boshlandi. Boshlanish ham o‘zgacha bo‘ldi ya’ni Bahriddin Zuhriddinov muxlislarining barchasini raqsga chorlab, jo‘shqin kayfiyat ulashgandan so‘ng, barcha muxlislariga salom berib, muxlislar uchun butun umr xizmat qilaman deya qo‘shiqlarni davom ettirdi. 
Comedy.uzchilar Bahriddinning ustidan rosa hazillar qilib kulgach, unga siz ham “jonli ayta olasizmi” deganda bunga javoban Zuhriddinov “Dutorim” qo‘shig‘ini jonli ijro qildi. Jonli qo‘shiq muxlislar tomonidan juda yaxshi kutib olindi. Kelgusi konsert dasturlarimdan qo‘shiqlarimni jonli kuylayman deya va’da ham berdi. Bu va’da qanchalik amalga oshadi buni vaqt ko‘rsatadi. Muhimi u qo‘shqilarini jonli ayta olishini isbotladi. 
Ikkita duet tarona kuylandi. Biri “Bojalar” guruhi bilan kuylanib klip ham ishlangan “Xadicha” nomli qo‘shiq bo‘lsa, biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova bilan birgalikda kuylangan “Kuyov” taronasidir. Shu o‘rinda yana bir gap,  Bahriddin Zuhriddinov Hosila Rahimovaning kuyovi ekanligidan barcha muxlislarning xabari bor, mazkur “Kuyov” nomli qo‘shiq ham shu uchun eng sevimli qo‘shiqlardan biri bo‘ldi desak yanglishmaymiz. 
Konsertdan avval va’da qilingan falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega qo‘shiqlar konsert dasturida uch bor haqiqiy fikrlashga, o‘ylashga majbur qiladigan kulminatsiya qila oldi. Bu qo‘shiqlar “Dengiz”, “Shayton sharobin ichma”, “Omonat dunyoda…”, “Ota-ona”, “Yosh oila…” qo‘shiqlaridir. Bu qo‘shiqlarga ishlangan maxsus video rolik va manologlar muxlislarni chuqur o‘yga solib qo‘ydi. “Shayton sharobin ichma” yoki “Ichma” deya kuylangan qo‘shiq va uning video roligi haqiqatdan ham juda ta’sirli chiqqan. Spirtli ichimlik ichib avtomobil boshqargan haydovchining aybi bilan bir vaqtning o‘zida ham onasidan, ham singlisidan ayrilgan bolaning taqdiri bir qo‘shiq misolida to‘laligicha ochib berilgan. 
Dasturda mehmon bo‘lgan Comedy.uzchilar bu safar “navbatchi” hazillarini bir yoqqa surib, yangi hazillar o‘ylab topishgani, rosa mehnat qilishgani bilindi. Sababi ushbu guruh juda ko‘p konsert dasturlarida deyarli bir xil hazillar qo‘yishgan edi. Bu safar esa unday bo‘lmadi. Bizningcha bu rejissor  Sa’dulla Abdullayevning yigitlarga berib turadigan maslahat yoki dakkilarining oqibati bo‘lsa kerak. 
Muxlislarni dunyo bo‘ylab sayohatga olib chiqqan Zuhriddinov ularga hindcha, arabcha, sigancha qo‘shiqlarni ulashdi. Har bir qo‘shiqqa “Toshkent zebolari” raqosa qizlari tomonidan takrorlanmas raqslar tashkillashtirildi. Konsert oldi tarqlagan gap so‘zlar ya’ni “Ranvir keladi” kabi so‘zlar avvaldan tashkilotchilar tomonidan Ranvirning kelmasligi aniq aytilgan edi. Ammo Ranvirning kelishiga xojat qolmadi, sababi “Senga oshiqman” seriali sountrekti “Tum hi ho” qo‘shig‘ini  Bahriddin Zuhriddinov maromidan o‘tkazib ijro qildi. 
Bir so‘z bilan aytganda Bahriddin Zuhriddinov ilk yakkaxon konsert dasturida muxlislar imtixonidan 5 baho bilan o‘tdi. Uning ashaddiy muxlislari u bilan qo‘shilib kuyladi, u bilan qo‘shilib raqsga tushdi. Zuhriddinovning o‘zi ham ortiqcha hayajonlarga berilmasdan ko‘nglidagi borini muxlislarga ulasha oldi. Nima ham derdik, davomli bo‘lsin.

 

Bahriddin Zuhriddinov - Shayton sharobin Ichma [MP3] (Ko'chirib olish)

Bahriddin Zuhriddinov - Shayton sharobin Ichma [AVI] (Ko'chirib olish) (KLIP AVI formatda)

Bahriddin Zuhriddinov - Shayton sharobin Ichma [MP4] (Ko'chirib olish) (KLIP mobil formatda)

 

maqola muallifi: Feruz Muhammad

 
























 
Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 770 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]