19:29 Rahimxonning «Otajon»ini qachon ko'ramiz? | |
![]() Sardor Rahimxon doim har hil klipmeykerlar bilan ishlashidan xabaringiz bor. U doim bir ijodkor bilan bog'lanib qolishni istamaydi. Uning navbatdagi klipini esa so'nggi paytlarda anchayin omadi chopgan va eng sara kliplar muallifiga aylanayotgan Narimon Sultonxo'jaev hisoblanadi. Demak, navbatdagi klipning muvaffaqiyatiga yana bir karra ishonch hosil qilsak bo'laveradi. Zero, bu klipmeyker har bir ishiga jiddiy e'tibor qaratib, yuqori saviyadagi kliplarni suratga tushirmoqda. Bugun biz mana shu klipni tasvirga tushirish jarayonidan olingan bir qator fotosuratlarni e'tiboringizga tortiq etamiz. | |
|
Всего комментариев: 2 | |
| |