Ohanglari ohanraboli xonada Qilichbek Madaliyev o’z ustida ishlashdan, izlanishdan to’xtamaydigan xonandalardan. Ijod bilan bir qatorda boshqa hamkasblarining eng yaxshi kunlarida ham ular bilan yelkama-yelka tura oladigan ijodkor, yangi taronasi bilan yana bir bor saytimiz mehmoni. Xonanda otasi va ustozi Ohunjon Madaliyevning “Ko’nlimda bir yor…” nomli qo’shig’ini yangicha talqinda kuyladi. Qo’shiq so’zi Muhammad Yusuf qalamiga mansub bo’lib, musiqasi Ohunjon Madaliyev tomonidan yaratilgan. Ham o’zining ham otasining muxlislarini birdek xushnud qilishdek ezgu maqsadni o’z oldiga qo’ygan xonanda ijrosidagi qo’shiqni tinglab baho bering…
Qilichbek Madaliyev - Ko'nglimda bir yor [MP3] (Ko'chirib olish)
maqola muallifi: Feruz Muhammad
|