21:36
ОЗОДБЕК НАЗАРБЕКОВ: "САНЪАТКОРНИНГ АЙБИНИ ФОШ ҚИЛИШ ҚАҲРАМОНЛИК ЭМАС!"

Monitor uhib qoldi,- juda yomon ish buldi-da, mening muhlislarim juda nozik, ular sal narsaga – "Qo`lingdan kelsa, konsert qilmaysanmi?”, deb yuborishadi. Men-ku unisidan qo`rqmayman, undan ham yomoni bor, sizlarning ichingizda utiribdi: sariq matbuot deyishadi uni. O`ziyam pashshadan fil emas, chivindan dinozavr yasashadi deb yangi ta`rif bersam haqiqatga juda yaqin bo`ladi. Sariq matbuot- sariq, nomi ham g`alati, sariq hidi ham bormi-yey? Sariqlikda yorqinlikdan ko`ra ko`proq xomushlik, hayotdan nolishlik, ta`bir joiz bo`lsa, so`lib borishu o`liklikni tushunaman. Hayot rang barang. Qo`lga qalam olganda, shu mashhur rangni inson o`ziga va yozmoqchi bo`lgan qoralamasiga sifat qilib olmasa ham bo`lar. Axir, sayoz va oldi qochdilik genga yozilmagandir!? Eh, aslini olganda 3 soatlik konsertda 10 ta yaaaaxshi qo`hiq bo`lsa buldi, shu yetadi bir yilga! Mayklni ham bor-yo`g`i 30 ga yaqin qo`shig`i bo`lgan halos, shundan atigi 17 tasi dunyoga tanilgan. Shuning uchun guldasta, buket yasalganda, ihiga hashak aralahtiriladi-ki, gullar ko`zga tashlanib tursin uchun. Shu 10 ta yaxshi qo`shiq ichida bitta eng zo`ri bo`ladi, undan insonlar ozuqa oladi, u kishini o`ylashga majbur qiladi, savollariga javob topganday bo`ladi yoki dunoqarashi o`zgarib hayotni anglaydi. U qo`shiqdan vafo tug`iladi, sadoqat yaraladi Vatanga! Birgina qo`shiq dunyo mezonini sozlayotganday tuyiladi, birgina shu qo`shiqni kuylash ilinjida nochorlikdan to`fonni panjalari bilan to`smoqchi bo`layotgan bechoraday hofiz zir-zir yugurib faryod chekadi. Navodan ko`ra qalamning kuchi ustunroq bulardi asli… Qalamkashning bundan zarurroq ishi qolmadimi? Juda pastga tushib ketdi qalamingiz, balandroq ko`taring uni! Axir hazrat Navoiy qalam bilan dunyoni olish mumkinligini isbotlab ketdilar-ku!? Sizlardan 
Jamiyat, Millat, Vatan ajdodlarimiz izidan munosib borishni, ular kabi shunday yuksak g`alabalarni kutayotgan bir paytda sizlar buncha mayda narsalar bilan o`ralashib qoldingiz? San`atkorlarning aybini fosh qilish qahramonlikka kirmaydi! Hech qachon! Axir ular millatning yuzi hisoblanadi. Ularning aybini oshkor qilish yohud ko`z ilg`amas juz`iy detallarni puflab shishirish millatni sharmanda qilishdan boshqa narsa emas! Qalam ahlining "tarbiyachi” degan buyuk maqomi bor, Undan oldin boshqa masala ham bor. O`zingizga insof bilan chetdan bir nazar soling-chi, shu maqomga aslida loyiqmisiz? Kuychi nazdingizda yomonroq xonish qilsa, yovqarash tamg`a qilingani kabi, vijdon tarozusida nohaqlikdan chil-chil sinishga tayyor qalamning uvoli tutmasin degim keladi-da! Ko`zni kattaroq ochib, o`z buyukligingiz sari shohiling, hali ham kech emas. Aslida shunda anglaysiz: qalam, zamon journalisti ahlidanmisiz yo shunchaki bu bo`stonda ovora kezayotganingizni! 

So`ngso`z o`rnida

Inson zotiga ikki ta ko`z berilgani bejizga emas. Ayrim qalamkashlarda uchinchi ko`z paydo bo`lgani o`ziga soxta shuhrat orttirish ilinjidan boshqasi emas. San`atkor mehnatini botqoqqa botirib, o`ziga mashhurlik mukofotini kutayotganlar adashadi. Omma omi emas: uchinchisi ortiqchaligini yaxshi bilishadi. Shunday ekan, Yaratgan bergan ilhomni to`g`ri yo`lga yo`naltiring, kasbingizda ortiqcha ekanligingiz oshkor bo`lmasdan. Yuragimdigilarni aytdim, aybga buyurmaysiz, qo`liga qalam tutib o`zini izlayotgan azizlar! 

OZODBEK NAZARBEKOB

O`ZBEKISTON XALQ ARTIST

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 878 | Добавил: zevs | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]