O'zbek san'at olamida o'z o'rniga ega bo'lgan ikki quvnoq ijodkor ya'ni Oybek va Nigora juftligi o'zining qo'shiqlari va turli xil ko'rinishdagi kliplari bilan muxlislar qalbini zabt etib kelmoqda. Buni qarangki ijodkorlarimiz ayni kunda muxlislar e'tiboriga yangi "Xavotirdaman" deya nomlangan ijod namunasini taqdim etish arafasida, qo'shiq matn va musiqasi Oybek Alimovga tegishli bo'lib, Jasur Javharnazarov tomonidan musiqiy sayqal berilgan. Mazkur tarona uchun klip olish rejasi ham nazarda tutilgan bo'lib, ayni kunda klip uchun bosh rol ijrochilari kim ekani aniqlanmagan, sababi ayni shu klip bosh qahramonlari uchun kasting e'lon qilingan va hamon davom etmoqda. Ijodkorlarimizning bu video klipi avvalgi kliplardan tamom ila o'zgacha klip bo'lishi kutilmoqda. Kuzatamiz kutilayotgan yangi tarona va unga olinadigan klip qay darajada muxlislarni lol qoldirar ekan. Portalimizni kuzatib boring, kastingda kim g'olib bo'lishi va Oybek va Nigora juftligi muxlislar uchun yana qanday yangiliklar taqdim etishidan xabardor bo'ling.
|