O’zbek xalqi to’yga to’yonasiz tashrif buyurmaydigan xalqlardan hisoblanadi. Ayniqsa, eng aziz bayram, eng katta tantana bo’lmish mustaqilligimizga har bir soxa vakillari o’zlarining ezgu maqsad va amallari bilan shodiyonaga katta taraddud bilan tayyorgarlikda. Xususan san’at vakillari ham obod diyorimizning 23 yillik istiqlol bayrami bilan vodiy bulbuli Otabek Muhammadzohid o’zining “TANTANA” nomli bayramona qo’shig’ini Mustaqilligimizning 23 yilligiga bag’ishladi. Qo’shiq matni Xushnudbek Darvishev, musiqasi Fazliddin Rahmonovga tegishli. Chindanda tantanovor bo’lgan bu qo’shiq Mustaqilligimizning 23 yillik tantanalariga munosib qo’shiq bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Otabek MuhammadZohid - Tantana [MP3] (Ko'chirib olish)
|