So’z va sozning qadrini har narsadan baland qo’ya olgan, balki shu sababdan bugungi kunda ham barchaning ko’ngliga umrboqiy qo’shiqlari orqali ziyo taratayotgan ustoz san’atkor Nuriddin Haydarovning qo’shiqlari, shogirdlari orqali qayta kuylanayotganidan xabaringgiz bor. Ustoz san’atkorning farzandi Hojiakbar Haydarov bugun jo’shqin ijod bilan band. U chin ma’noda otasining yo’lini davom ettirmoqda. Yaqinda Hojiakbar otasi Nuriddin Haydarovning "Aldama" taronasini qayta ijro etdi. Qo’shiq musiqasi Anor Nazarovga, musiqiy sayqal esa Axliyor Azimovga tegishli. Ayni kunda qo’shiq uchun klip suratga olinmoqda. Klipni suratga olishni esa “9999” studiyasi o’z bo’yniga olgan.
Hojiakbar Haydarov - Aldama [MP3] (Ko'chirib olish)
maqola muallifi: Feruz Muhammad
|