10:59
Orion yangi avlod kosmik kemasi Tinch okeaniga qo‘ndi

Orion yangi avlod kosmik kemasi Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” NASA Twitter’idagi xabarga tayanib.

[Orion’ning kompyuter modeli. Foto: NASA]

Orion’ning kompyuter modeli. Foto: NASA

Avvalroq NASA Orion’ni Kanaveral burnidan muvaffaqiyatli uchirgan edi. U aslida 4-dekabr kuni parvoz qilishi kerak edi, biroq texnik nosozliklar va kuchli shamol tufayli uni uchirish 5-dekabrga qoldirildi.

Ushbu kosmik kema yordamida 2030-yildan so‘ng Marsga qo‘nish mumkin bo‘lishi taxmin etilmoqda.

Sinov parvozi davomida kema Yer atrofida 5,8 ming kilometr uzoqlikda ikki marta aylanishi, buning uchun 4,5 soat vaqt sarflashi lozim edi.

Категория: DUNYO YANGILIKLARI | Просмотров: 764 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]