15:42
O'zbek shou-biznes olamida yangi nom "Du Tor" guruhi

O’zbek shou-biznes olamida "Du Tor” nomi orqali ijodini boshlagan ikki yosh, iste’dodli ijodkorlar, bastakor, aranjirovkachi va xonanda Eldor Bek hamda rep va R&B olamida o’z o’rnini egallashga ulgurgan ijodkor Azeez Aka ayni paytda o’zlarining bir qator ijod namunalari ustida tinimsiz ish olib borishmoqda. 

"Du Tor” guruhining tashkil topishiga keladigan bo’lsak, ushbu ikki ijodkor Boykanur shahridagi xalqaro festivalda tanishib atigi bittagina duet hamkorligiga kelishgan edilar. Shundan so’ng Toshkentdagi "IOSIS” ovoz yozish studiyasida Azeez Aka va Eldor Bek o’zlarining "Yolg’iz” nomli qo’shiqlarini yozdilar. "Yolg’iz” qo’shig’idan keyin "Toshkentim” va "Samaya” nomli qo’shiqlarini ham premera qildilar. Natijada "Iosis” kompaniyasi boshchiligida hamda "O’zbeknavo” estrada birlashmasining amaliy yordami asosida original nomga ega bo’lgan "Du Tor” guruhi tashkil etildi. Tez kunda "Du Tor” guruhidan bir emas, 5 та yangi qo’shiq tinglaysiz. Natijalarni kuzatishda davom etamiz. Ko`raylik-chi, "Du Tor” yana bir "uch kunlik” loyihami yoki o’zbek shou-biznesida umidli yangilik? 
Ayni damda esa siz muxlislar e'tiboriga Du Tor guruhining "Majnun" nomli taronasini taqdim etamiz. Tinglang va baxo bering.

Du Tor guruhi - Majnun [MP3] (Ko'chirib olish)

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 782 | Добавил: zevs | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]