10-11 noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida Bahrom Nazarovning “Shukrona” nomli konsert dasturi bo’lib o’tdi. Ochig’ini aytadigan bo’lsak bahor oylaridan buyon Nazarov juda ko’p tanqidlarga uchrab keldi. Dastlab “Pari-pari” qo’shig’i o’g’irlanganligi, keyinroq konsert afishasidagi xatolik va konsert boshlanishidan uch oy oldindan ham reklama qilinadimi kabi tanqidlar konsert kuniga qadar davom etdi. Konsertda esa…
Konsert dasturi o’z vaqtidan 10 daqiqa kech boshlandi, ammo boshlanishining o’zi ham umuman kutilmagan tarzda bo’ldi 50 dan ortiq orkestr jo’rligida “Ayrildim” qo’shig’i bilan boshlanishini hech qaysi muxlis kutmagan ekan-u, ammo barcha muxlis jo’r bo’lib kuylashdi. Undan so’ng birin ketin boshqa qo’shiqlar ijro qilindi.
Konsertni Fathulla Ma’sudov hamda Dildora Rustamovalar olib borishdi.
Konsertda kuylangan “Aylanay”, “Ostona hatlab”, “Jayrona”, “Oshiq bo’lmisham”, “Sochi bilan bo’yi teng qizni ko’rdim”, “Qaramading”, “Dilu jonimdasan”, “Hasratim bor” hamda “Sahna..” qo’shiqlari haqiqatdan ham barchaning hayratiga sazovvor bo’ldi.
Eng qiynalgan shogirdim Bahromjon…
Dastur mehmoni O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bo’ldi. Nazarbekov shogirdi haqida Bahromjon bir necha bor omadsizliklardan keyin ustoz endi menga ruhsat bering, boshqa ishning boshini tutay deganida hali hammasi yaxshi bo’ladi, ozroq sabr qil degandim. Shogirdlarim orasida ham hayotda ham ijodda eng qiynalgani Bahromjon bo’ladi deya muxlislarni o’z qo’shiqlari bilan xushnud etdi.
Hammani yig’latgan qo’shiq
Birdan sahnadagi katta monitorda Bahrom Nazarov to’rt yoki besh yoshida tushgan video lavha namoyish etildi. Lavhada Nazarovning onasi Bahromjon qo’shiq aytib ber, qo’shig’ingdan ayt deya boshqa ayollar bilan birgalikda Bahromjon aytgan Ohunjon Madaliyevning “Ko’nglimda bir yor” qo’shig’iga qarsaklar bilan jo’r bo’lganligi aks etgan. Shundan so’ng Nazarov bu onajonim bilan tushgan so’nggi rasmim deya manolog o’qidi. Manologning o’zi barchaning ko’ziga yosh olib keldi undan so’ng kuylangan onajonim ro’moli qo’shig’i esa muxlislar qalbini larzaga keltirdi. Ona haqidagi qo’shiqdan keyin yana muxlislarga ko’tarinki kayfiyat ulashish qiyin bo’lsa kerak deb o’ylab adashgan ekanmiz chunki hali hammasi oldinda ekan chunki birin ketin kuylangan “Sochi bilan bo’yi teng qizni ko’rdim”, “Qaramading”, “Dilu jonimdasan” qo’shiqlari muxlislarni mahzun kayfiyatdan olib chiqa oldi. Konsertda qiziqchilar bo’lmaganligi ayni mudoa bo’ldi nazarimizda. Chunki bu konsert dasturida qiziqchilar ortiqchalik qilishi mumkin edi. Suvoriy raqs ansambli yigitlarining shiddatli raqslari ham juda ajoyib tarzda chiqdi. Shu yerda yana bir kutilmagan vaziyat bo’ldi birda saroyning barcha chiroqlari o’chib qoldi. Barcha texnik nosozlik bo’ldimikan deya o’ylab boshlagan vaqtida Bahrom Nazarov birdan zalning o’rtasida payo bo’lib, “Hasratim bor” deya nomlangan qo’shiqni aytdi. Kutilmagan bu harakat muxlislarni esankiratib qo’ydi. Shundan so’ng kuylangan “Kechikish”, “Xursanoy xafa qildi”, “Gulnor” qo’shiqlari ham barchani raqsga chorladi.
Konsertda Pari-pari aytilmaydimi…
Bizningcha “Pari pari” qo’shig’ini ko’pchilik kutganga o’xshadi, sababi bu qo’shiq ha deganda aytilavermaganidan Nima “Pari pari” aytilmaydimi deganlar juda ko’p bo’ldi. Xuddi shu vaqtda "Pari-pari" jarang sochdi muxlislar yoppasiga rasga tushgani, qo’shilib birgalikda aytishgani yetmagandek yana bir marta aytsaydi deganlar ham ko’p bo’ldi. Nazarov ruscha qo’shiq aytishini kutmagandik ammo u "Lyublu tebya" deb nomlangan ruscha qo’shiq ham kuyladi. Shundan so’ng “Dunyo sahna bo’lsa aktyorlarimiz” qo’shig’i va sahnada sirk jamoasi bu qo’shiq ha kutilmagan bo’lib chiqdi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak konsert dasturi juda ajoyib bo’ldi, ammo juda ko’p muxlislar san’at saroyidan bilet topa olmay ketishdi. Bizningcha konsert dasturiga hech bo’lmaganda yana bir kun qo’shish kerak edi. Sababi ikki kunlik konsert dasturida ham juda ko’p muxlislar konsertga bilet topa olmay, kirolmasdan uylariga qaytishdi.
Qisqacha ma’lumot
Konsertda Mo’jiza Media MCHJ xizmat ko’rsatdi, konsert rejissori: Oybek Aliyev, Rejissor yordamchisi: Farhod Badalov bo’ldi. “Tumor” hamda “Suvoriylar” raqs ansambllari xizmatda bo’lishdi. Dastur biletlari 60 ming so’mdan 8 ming so’mgacha bo’ldi.
maqola muallifi: Feruz Muhammad














|