09:14
Munisa Rizayevadan tarbiyaviy ahamiyatga ega klip namoyishi…

Munisa Rizayevaning yangi qo’shig’i hali uzoq vaqt odamlar tilidan tushmasa kerak. Qo’shiq so’zi va musiqasi haqida uzoq gapirmoqchi emasmiz, chunki uzoq gapirishga arzimaydi. Ammo qo’shiqni aytish uslubi va klipga gap bo’lishi mumkin emas. Klipni hech bo’lmasa bir bor ko’rib chiqishni tavsiya qilamiz. Chunki bu klip haqiqatdan tarbiyaviy ahamiyatga ega. Klipda butun umr bola-chaqa deya Parijga borish orzusini keyinga surib kelayotgan er-xotin qarib qoladi. Shunda butun umrlik orzusini ularning bolalari amalga oshirib, Parijga chipta olib kelishadi. Nihol eksang bir kun mevasidan totasan degan fikr yana bir bora klipda o’z tasdig’ini topgan. Klipni ko’rgach, “bo’lar ekanku Munisa” deb yuborasiz….

 

Munisa Rizayeva - Man Bop [MP3] (Ko'chirib olish)

Munisa Rizayeva - Man Bop [AVI] (Ko'chirib olish) [KLIP AVI formatda]

Munisa Rizayeva - Man Bop [MP4] (Ko'chirib olish) [KLIP mobil formatda]

maqola muallifi: Feruz Muhammad

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 624 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]