09:21
Moskvada Shahzodaning konsertiga tayyorgarlik boshlandi!
Xabaringiz bor Shahzoda o'z gastrollar turnesini boshlab yuborgan. Konsertlardan biri 4 noyabr kuni Almata shahrida bo'lib o'tsa, keyingisi Moskvada taqdim etiladi. Xo'sh, konsertlarga tayyorgarliklar qanday ketmoqda? Bizning portalga tashrif buyuruvchi Qozog'iston va Rossiyadagi muxlislarga mazkur konsert haqidagi barcha ma'lumotlar qiziq.

Ertaga Shahzoda Qozog'istonning Almata shahriga uchib ketadi. 4 noyabr kuni u o'zining Qozog'istondagi muxlislariga yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Ishonamizki, ushbu konsert dasturi a'lo darajada o'tadi va muxlislar yodida uzoq muddat saqlanib qoladigan shou bo'ladi.
Rossiyadagi konsert tashkilotchilari ham konsertga jiddiy tayyorgarliklarni boshlab yuborishgan. Hozirda Moskva ko'chalarida Shahzodaning katta-katta bannerlarini ko'rishingiz mumkin. 22 noyabr kuni Lujnikida joylashgan "Rossiya" konsert zalida bo'lib o'tadigan konsert dasturi ham Toshkentda taqdim etilgan "Assalomu alaykum" nomli konsert dasturi asosida tashkillashtiriladi. Bizga yetib kelgan qaynoq fotosuratlar bilan o'rtoqlashamiz. Marhamat!

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 895 | Добавил: Zokir1994 | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 5
5 voy_uz_erkasi  
0
Yana

4 voy_uz_erkasi  
0
Rahmat mal un

3 voy_uz_erkasi  
0
Z6r omadini bersin

2 MaN$uR  
0
k6z tegamsin z6r otti

1 Zokir1994  
0
shaxzodaga omad yor bo'lsin

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]