"Yondirma", "Eslamading" hamda "Xoppa" qo'shiqlari bilan ko'plab muxlislar e'tiborini tortgan "Manzur" guruhi ijodkorlari Zuhriddin Mirzayev hamda Sanjar Isoqovlar ayro yo'lni tanlashdi va alohida tarzda ijodni davom ettirishga ahd qilishdi. Turli xil tanqidlarni chetlab o'tgan xar xil savollar va gaplarga bardosh bergan (xatto "Yondirma" klipida qoshiqni ham yeb qo'yishgan) bu ikki ijodkorga ko'z tegdimi? Guruh ijodkorlari Zuhriddin hamda Sanjarning orasida qandaydir gap o'tdimi yoki moliyaviy kelishmovchilik bo'ldimi bunisi bizga noma'lum, lekin shuni aytishimiz joizki biz guruh ijodkorlari bilan bog'langanimizda shuni ta'kidlab o'tishdi: Zuhriddin Mirzayev o'zi yakkaxon tarzda ijodni davom ettirishini aytdi. Sanjar Isoqov esa "Manzur" guruhi nomi bilan ijodni va guruh nomini yanada yuksaltirish maqsadida guruh nomi bilan ijodni davom ettirishini aytdi. Tez kunda ketma-ket qo'shiqlar hamda kliplarni guruh ijodkorlaridan qabul qilasiz. Faqatgina ayro tarzda ! Ko'ramiz guruh tarqalishi qay bir ijodkorga salbiy qay biriga esa ijobiy ta'sir ko'rsatarkan, buni ijodiy yangiliklar orqali bilib olamiz.



|