Lola haqida har kuni turli tuman mish-mishlar avj olib borayotgan bir vaqtda xonanda ularni o’ylab, ularga qarshi kurashib o’tirmasdan faqat ijod qilyapti. Litsenziyasi olib qo’yilganidan buyon yaratayotgan har bir qo’shig’i avvalgisidan ko’ra mashhurroq va omadli chiqayotgani barchaga ma’lum. Uning yana bir uzoq kutilgan "Sevgimsan" taronasiga ishlangan video ketma-ketlik ham muxlislar hukmiga havola qilindi. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda bosh rolni o’ynash uchun Andrey Kabanov O’zbekistonga tashrif buyurgan. Klip "O’zbekfilm" maydonchasida uch kun mobaynida suratga olingan. Klip rejissori: Yodgor Nosirov, qo’shiq musiqasi va matni yana DJ Pligrimga tegishli. Ijodkor har qanday mish-mishlarga ijodi bilan javob qaytarishi lozim. Nima ham derdik, ijoddan to’xtamang Lola.
Lola - Sevgimsan [MP3] (Ko'chirib olish)
Lola - Sevgimsan [AVI] (Ko'chirib olish) [KLIP AVI formatda]
Lola - Sevgimsan [MP4] (Ko'chirib olish) [KLIP mobil formatda]
maqola muallifi: Feruz Muhammad
|