22:32
Laylak Qor
Xotiralarni qo'zg'ab yog'ib berdi Laylak qor
Meni esimga tushdi ul bevafo go'zal yor
Xo'p ajoyib dam edi qorli qirovli kunlar
Masrur edim baxtimdan shirin tush ko'rib tunlar
Laylak qor yoqqanida uni ilk bor ko'rgandim
Ko'rib uni qalbimda sexrli xis tuygandim
O'tirardi qarshimda shiringina jilmayib
Qor shu onda atayin yog'ar edi kuchayib
Men xech ko'z uzolmadim betakror ko'zlaridan
Maftun bo'lib qolgandim samimiy so'zlaridan
U juda Dilbar edi kulib turardi yuzi
Kulgichlarida yashirin bor edi shirin nozi
Ilk muhabbatim edi ul bevafo go'zal yor
Uchratkandim men uni yoqqanida Laylak qor...
Samimiy suhbatidan zavq olardim bir jaxon
Uchratmagandim avval bundayin shirin zabon
Qo'l ushlashib yurardik bog'lar aro ikkimiz
Xayolimda bir umr buzilmasdi sevgimiz
Sirdoshim edi tanxo ul bevafo go'zal yor
Tanishkandim u bilan yoqqanida Laylak qor...
Ko'zimizga tikilib tinmay suhbat qurardik
Yoz oylari qirg'oqdan chig'anoqlar terardik
Axdu paymon qilgandik ul bevafo yor bilan
Qasamxam ichgan edik oppoq nafis qor bilan
Tunlari uxlamasdan o'ylab chiqardim uni
U aslo sevmas ekan sezmas ekanman buni
Afsus meni tark etdi Ul bevafo go'zal yor
Sevgan edim men uni yoqqanida Laylak qor...
Ko'rdim boshqasi bilan yurardi bavafo yor
Samodan esa tinmay yog'ar edi Laylak qor
Xotiralarni qo'zg'ab yana yog'di Laylak qor
Yurib borardim sekin kumush qish fasli edi
Osmondan biram go'zal Laylak qor yog'ar edi
Nogox nigohim tushdi ul bevafo go'zalga
Negadir xarakati o'xshardi telbalarga
Jinni bo'lib qolganmi deb o'yladim men uni
Surishtirib so'ng bildim xaqiqatligin buni
Aqldan ozgan edi ul bevafo go'zal yor
Shundaxam esa tinmay yog'ar edi Laylak qor...
So'ng biroz vaqtlar o'tdi balki oylar, balki yil
Bir fojiya bo'lgandi aytolmaydi buni til
Eshitdimu yig'ladim kelmas edi ishongim
Xar qancha bo'lganda xam men uni sevar edim
Olamdan o'tgan edi ul bevafo go'zal yor
Doyimgidek samodan yog'ar edi Laylak qor...
Bevafo bo'lsada u yashab yursa bo'lardi
Xayotda baxtli yursa ko'nglim nurga to'lardi
Qalbim tig'langan edi endichi nima bo'ldi
O'n gulidan bir guli ochilmaganim so'ldi
So'nggi vaqtda negadir ko'proq yolg'iz yurarkan
Laylak qor yoqqanida to'yib to'yib yig'larkan
Yoz oylarixam yolg'iz dengizlarga borarkan
Qirg'oqlardan erinmay chig'anoqlar terarkan
Avvalgidek shirinmas ekan uning so'zlari
Mayus tortib qolibdi xatto xumor ko'zlari
Oxir chiday olmasdan joniga qasd qilibdi
Tig'ni olib qo'liga tomirlarin tilibdi
Yiqilibdi shu onda ul bevafo go'zal yor
Qonga belanib qopti zamin uzra yoqqan qor
Bevafoyim go'zalim nega meni tark etding
Bechora oshig'ingni sen yolg'iz tashlab ketding
Juda qattiq sevardim tashlab ketgan bo'lsangda
Unutolmayman seni gar marxuma bo'lsangda
Huzuringga borgandim ey bevafo go'zal yor
Qabring ustiga tinmay yog'ar edi Laylak qor...
O'ksib o'ksib yig'ladim bag'ring bosib bag'rimga
Bevafo bo'lsangda sen yetar eding qadrimga
Xotiralarni qo'zg'ab endi yog'ma Laylak qor...
O'rik qiyg'oz gulladi kapalaklar kelishdi
Gullar ifor taratib bahorligin aytishdi
Quvonch baxshida etar ushbu fasl maftunkor
Menchi g'arib qabringga ko'z tikaman umidvor
Qabring ustida jonim lola bo'lib ochilsang
Asta asta uzilib men tomonga sochilsang
Nega qaldirg'och bo'lib in qurmaysan uyimga
Qanoting qoqib maxzun bo'y urmaysan bo'yimga
Xech bo'lmasa samodan ko'z tikmaysan men tomon
Tushlarimga xam kirmay rangim aylading samon
Ayni damda xotira qiynamoqda dilimni
Bog'da sen uchun ekkan uzgim kelmas gulimni
Seni eslatib turar xatto ona tabiat
O'ylayman go'yo senga yaralgandek muhabbat
Kuz boshlanar to'stadan qalbim sarg'ayib qolar
Barg o'rniga orzular bitta bitta to'kilar
Xazondek rang kasb etgan mening xasta yuragim
Tezroq yoninga borish mening yolg'iz istagim
So'ramayman kerakmas yonib turgan yulduzlar
Mayli muhimxam emas xatto kecha kunduzlar
Qaniydi porlab tursa mangu yumuq ko'zlaring
O'zim ko'rib tursaydim xar bir bosgan izlaring
Sen bilan nafas olsam bu musaffo xavodan
Seni tortib olsaydim shavqatsiz bu samodan
Qor yog'adi maydalab qabringustiga jonim
Azob bo'lar bu tarzda xar bir o'tkazgan onim
Sovqattimi jonginam nozikkina qo'llaring
Naxot endi ko'rmaysan qor to'shalgan yo'llaring
Shu qabr ichra erkam men yotsam bo'lmasmidi
Gar xayot bo'lsang ekkan gullaring so'lmasmidi
Xa bilmaysan nozigim sen ekkan gullar so'lgan
Sening yo'qliging bilgach ular xam tamom bo'lgan
Sensiz go'zalim gulim tinmay yig'lar bu yurak
Bunday g'am chekib yashash ayginchi kimga kerak
Go'yo tirik murdadir qiyofam xozir mening
Qanchalar ko'rgim kelar charos ko'zlaring sening
Yashayapman yuzimda sohta tabassum bilan
Qalb to'la zardobligin faqat o'zim bilaman
Qaniydi imkon bo'lsa sen tomonga uchardim
Ushlab olib qo'lingdan keyin maxkam quchardim
Xechkimga bermas edim ushlab olsam qo'lingdan
Qo'yib yubormas edim o'shal nozik belingdan
Ammo qachon keladi men kutgan o'sha laxza
Xardam umid qilaman bo'lar deb bir mo'jiza
Yodimdadir azizam biz yurib o'tgan yo'llar
Qirg'oqlarda chopib biz sayr etgan ko'llar
Xar doyimgidek yana o'rik qiyg'oz gullaydi
Kapalaklar parvona atrofida bo'ylaydi
Sezib turaman guldan ari asal yig'adi
Biroq tinmayin yurak o'ksib o'ksib yig'laydi
Tuyilaverar menga kamdek kimdir nimadir
Bu senliging bilsamda til aytishga ojizdir
Mayli azizam endi alvido deyman senga
Baribir yolvorsamda xechxam qaytmaysan menga
O'rik qiyg'oz gulladi kapalaklar kelishdi
Gullar ifor taratib bahorligin aytishdi
Afsuski armon senga o'rikning qiyg'oz guli
Xotiralarni qo'zg'ab endi yog'ma Laylak qor
O'tinaman jon Laylak qor xotiralarimni qo'zg'atib
Menga uni eslatma ortiq qiynalishni xoxlamayman...

Категория: SEVGI | Просмотров: 3739 | Добавил: -Saidabroraka- | Рейтинг: 3.5/15
Всего комментариев: 111 2 »
11 Ahror  
0
raxmat judayam zör

10 Jonibek1990  
0
Koyil seper yahshi

9 madina95  
0
zo'r gap yo'

8 poweragent_king  
0
Ramantik sher ekan qoyil....

7 -Saidabroraka-  
0

6 VendizeL  
0
medaxam boredi bu wer lekin juda tasirli

5 VoyAdmin  
0
ajoyib

4 jasurgo  
0
ofarin manga yoqdi kim yozgan o'zi buni muallifi kim?

3 Ikromjon  
0
Hammaga salom manga juda yoqdi men oz hayotimni yoziv berolmay qoldim qayerdan yozaman orgatin dostlar iltimos

2 dil_ozor  
0
bu zur we'r manda bor edi

1-10 11-11
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]