Anvar Sobirov shu yil hisobidan ilk video ketma ketlikning suratga olish ishlariga start berdi. Qo’shiq “Xato qilmagan” deb nomlangan bo’lib, har bir tinglagan muxlisning qalbidan umrining har bir lavhasi birma-bir aylanib turadi. Video ketma ketlikda ortiqcha dabdabaga, zebga urg’u berilmaganligining asosiy sababi ham mazkur qo’shiq orqali har bir muxlis o’z hayotining ma'lum bir lavhasi, davrini ko’rib fikrlashga, o’ylashga undashdir deb o’ylaymiz. Tez kunlar ichida mazkur klipni tomosha qilishingiz mumkin. Kuting, kutishga arziydigan tarona.
maqola muallifi: Feruz Muhammad



|