19:34 Kubaeva Gollivud aktrisasini ortda qoldirdi! | |
![]() Qanday qilib deysizmi? Albatta bizning "Photo Cup" loyihamizning Nimchorak final baxsida bu ikki aktrisa o'zaro baxsda to'qnash kelishdi. Yakuniy natijada esa Dilnoza o'z raqibasidan ustun keldi. Demak, nimchorak final baxslari haqida batafsil to'xtalib o'tish vaqti keldi. Demak, natijalar bilan tanishamiz. Nimchorak final uchrashuvlarining markaziy to'qnashuvi so'zsiz Lola hamda Zarina Nizomiddinova o'rtasida kechdi. Murosasiz kechgan ushbu uchrashuvda so'nggi daqiqalarga qadar kurash olib borilgan bo'lib, yakunda Zarina Nizomiddinova 2 ovoz farqiga ko'ra Lola ustidan g'alaba qozondi. Yana bir e'tiborli uchrashuv Shohruhxon hamda "Bojalar" guruhi o'rtasida kechgan bo'lib, unda ham kurash qizg'in bo'lib o'tdi. Ko'pchilik 4-chempionat chempioni Shohruhxonning g'alabasiga ishongan bo'lsada, so'nggi daqiqalarda "Bojalar"ning qo'li baland keldi. Mazkur chempionat o'yinlarida o'ziga ishonch bilan odimlab final sari yaqinlashayotgan Shahzoda Matchonova ham g'oliblik nashidasini surdi. Zohra Solieva bilan o'zaro to'qnashuvda Shahzoda Matchonova ishonchli 74 - 15 hisobida g'alabaga erishdi. Zamzama hamda Alisher Uzoqov ham uzoq vaqt chorak final yo'llanmasi kimniki degan savolga javob topishga harakat qildilar. So'nggi so'z Alisher tomonida bo'ldi. Ya'ni, Zamzama chorak final uchrashuvlari bilan ko'risha olmaydigan bo'ldi. Shahzoda hamda "Jonim" guruhi o'rtasidagi o'yin esa ikki raqibning juda ham yaqin ekanligi bilangina e'tiborni tortibgina qolmay, uchrashuvning ilk kunlaridagi "Jonim" guruhining ustunligi hammani hayratga solayotgan edi. Biroq, keyinchalik Shahzoda o'zi prodyuserlik qilayotgan guruhga hech qanday imkoniyat qoldirmay, g'oliblikni o'z tomoniga og'dirib oldi. Cristiano Ronaldo hamda "Girls Generation" guruhi to'qnashuvida jahon futboli yulduzi, 9ta koreys qizlariga hech qanday imkoniyat berishni istamadi. So'nggi juftlik esa Farruh Soipov hamda Kim Tae-hee jiftligi edi. Bu juftlikda malaka ish berdi, desak adashmagan bo'lamiz. Zero, Farruhni Kim Tae-hee honimga qaraganda "Photo Cup" loyihasida malakasi yuqoriroq hisoblanadi. Endi chorak final ishtirokchilariga nazar tashlaymiz. Bojalar - Shahzoda Shahzoda Matchonova - Cristiano Ronaldo Dilnoza Kubaeva - Zarina Nizomiddinova Alisher Uzoqov - Farruh Soipov Ko'rib turganingizdek, chorak finalda ham bizni anchayin qiziqarli o'yinlar kutmoqda. Kubaeva - Nizomiddinova baxsi nazarimda boshqalariga qaraganda qiziqarliroq kechsa kerak. Yana kim biladi deysiz | |
|
Всего комментариев: 8 | ||||
| ||||