17:25
Kompyuter Bollari!
Gazetamizning oldingi sonlarida ham ushbu mavzuga oid qator maqolalar chop etilgan edi. Mavzuni davom ettirgan holda quyida ba'zi maslahatlarni tavsiya qilamiz.

Bolaning komputer qarshisida uzoq o‘tirishi uning sog‘lig‘iga zararli ekani hammaga ma'lum. Faqat komputer bolaga qanday ta'sir o‘tkazishini, u monitor oldida qancha muddat o‘tirishi kerakligini barcha ota-onalar ham bilavermaydi. Demak, buning to‘rt asosiy zararli omillari mavjud: Ko‘zning zo‘riqishi; Gavda tuzilishining buzilishi; Ruhiyatga ortiqcha bosim; Nurlanish.

KO‘ZNING ZO‘RIQIShI

Bu birinchi va asosiy omil. Aynan shu sababli belgilanmagan vaqtda bolada bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi sodir bo‘ladi. Agar komputerda yetarlicha uzoq ishlansa, ko‘zning madori qurib, ko‘rish qobiliyatining keskin pasayishi sodir bo‘ladi. Bu yerda monitor hamda ish vaqtida monitorda aks etgan tasvir sifati ahamiyatli omillar hisoblanadi.

Ko‘zni toliqtiradigan ikkinchi ahamiyatli omil — bu tasvirdagi surat. Barchaning ko‘zi ovoz yetakchiligidagi yirik rangli tasvirlarni oson qabul qiladi. Bolaning ko‘zi uchun ovozli matn yetakchiligidagi fotosuratlar yoki rasmlarni ko‘rish ancha xavfsiz. Komputerda rasm chizish esa aks ta'sir qiladi. Bu holda ovoz chalg‘ituvchi rol o‘ynamaydi, barcha ishni ko‘z bajaradi. Bolaning ekranda matn o‘qishi kerak bo‘lganda, ko‘rish qobiliyatiga ancha og‘irlik tushadi. Shuning uchun internet yetarlicha xavflidir, boisi tarmoqda o‘qish uchun ma'lumot juda ham bisyor. Ammo, ko‘zning haqiqiy zavoli — bu o‘yinlar. Harakatlanuvchi tasvirlar, mayda elementlar — bularning barchasi ko‘zning zo‘riqishiga olib keladi.

GAVDA TUZILIShINING BUZILIShI

Salomatlik uchun jiddiy xavf soladigan omillardan biridir. Komputer qarshisida o‘tirgan bola ekrandan ko‘z uzmaslikka majbur va bir paytning o‘zida qo‘li klaviaturada bo‘ladi. Bu uning gavdasini ma'lum bir holatda tutib turishni va bu holatni ish tugaguncha o‘zgartirmaslikni taqozo etadi. Ushbu holatda komputer televizordan ham ko‘proq xavflidir. Natijada bolaning gavda tuzilishida quyidagi buzilishlar sodir bo‘ladi.

Qo‘l barmoqlari bo‘g‘imlari kasalligi. Bu kasbiy xastalik bo‘lib, avvallari tahririyatlar mashinkachilarida uchrardi, keyinroq komputer operatorlarida kuzatilmoqda. Komputerda ishlash davomida odam qo‘llari ko‘plab mayda harakatlarni bajarishiga to‘g‘ri keladi va kuchli charchaydi. Uzoq vaqt ishlash natijasida esa surunkali kasalliklar rivojlanadi.

Nafas olishning qiyinlashishi. Bu barchasidan ham eng yomonidir. Kaftlarning oldinga cho‘zilib turishi ko‘krak qafasining erkin harakatlanishiga monelik qiladi. Bu esa astmaga olib keladi, yo‘tal va shu kabi noxushliklar paydo bo‘ladi.

Osteoxondroz. Egilgan yelkalar bilan uzoq o‘tirish suak-mushak tizimida keskin o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, ayrim hollarda esa umurtqa pog‘onasi qiyshayishiga olib keladi.

RUHIY ZO‘RIQISh

Komputer avtomobil boshqarishdan ko‘ra ko‘proq diqqat-e'tibor talab qiladi. Ayniqsa, qiziqarli o‘yinda e'tiborni bir joyga jamlash kerak. Bu soha hali juda kam o‘rganilgan, sababi zamonaviy multimedia-texnika paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Har qanday holda ruhiy zo‘riqishni kamaytirsa bo‘ladi. Birinchidan, ishlash davomida tanaffus qilish, ikkinchidan, o‘yinning mazmunli tomonini diqqat bilan kuzatib borish kerak.

NURLANISh

Komputer monitoridan nurlanish — barcha ota-onalarni doimo xavotirga soladi. Zamonaviy monitorlarda xavfsizlik choralari ko‘rib chiqilgan. Asosan, biz radiatsiya deb ataydigan nurlanishni monitor umuman chiqarmaydi. Unda yuqori energiya qurilmasi yo‘q. Tizimli blok ham amalda hech qanday nurlanishga sabab bo‘lmaydi.

Bulardan tashqari, bolaning ko‘rish qobiliyatini muhofaza qilishda monitor sifati ham muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy monitorlar ancha mukammal — tashqi yorug‘lik bo‘yicha yuqori qarama-qarshilikka ega va shu sababli himoya filtriga muhtoj emas. Aksincha, himoya filtri ular uchun zararli.

Shaxsiy komputerda ishlash qoidalariga amal qilish ham sog‘lig‘ingizni muhofaza etadi.

Birinchisi, maishiy texnikalarni to‘g‘ri joylashtirish:
- yorug‘lik ekranga tushmasligi va odam ko‘zini qamashtirmasligi uchun displeyni oynaga perpendikular joylashtiring;

- displey shunday balandlikka o‘rnatilishi kerakki, ekran markazi ko‘z darajasidan 15-20 sm pastda bo‘lsin;

- klaviatura — stol chetidan 15-30 sm oraliqda tursin;

- tizimli blok ishonchli balandlikda o‘rnatiladi.

Ikkinchisi, to‘g‘ri ishchi holati. Aynan:

- boshning tavsiya qilingan burilish burchagi — 20°;

- bo‘g‘imlar sohasida to‘g‘ri burchak (90°) saqlash kerak.

Uchinchisi, monitor qarshisida ishlash davomiyligining chegaralanganligi:

- shaxsiy komputerda tanaffussiz ishlash katta yoshdagi foydalanuvchi uchun 2 soatdan oshmasligi kerak. Bolalar va o‘smirlar uchun esa yoshidan kelib chiqqan holda 10 daqiqadan 25 daqiqagacha.

Mutaxassis tavsiyalari

Komputerda ishlashning asosiy qoidalari:
ko‘rish qobiliyatingiz past bo‘lsa ko‘zoynak taqing;
ko‘zdan ekrangacha bo‘lgan masofani (50-70 sm) saqlang;
har 15-25 daqiqadan so‘ng tanaffus qiling va ko‘z uchun mashqlar bajaring;
monitor oldida ko‘p o‘tirsangiz ko‘zlaringizni tez-tez pirpiratib turing. Bu ko‘z qurishining oldini oladi;
ishchi holatni to‘g‘ri ushlang;
qorong‘uda televizor ko‘rmang va komputerda ishlamang;
mashg‘ulotdan so‘ng sovuq suvda yuvining.
Категория: QIZIQ MALUMOT | Просмотров: 1132 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 DILSO'Z  
0
MALUMOT UCHUN KATTA RAXMAT

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]