00:46
Kim kimni o’ynatar ekan ...?

Shou-biznes olamida shunday ikki san’atkor borki, ularning deyarli barcha qo’shiqlari rasbop, balki shu sababdan bu ikki xonanda muxlislarining eng yaxshi kunlarida ya’ni to’y-tantanalarda juda talabgir bo’lsa kerak. Bu ikki san’atkordan biri Jahongir Poziljonov bo’lsa yana biri Bahriddin Zuhriddinovdir. Ikki san’atkor birgalikda “Xadicha” nomli qo’shiq kuyladi. Qo’shiq so’zi Eldor Qayumovga, musiqasi Botir Aliyevga tegishli bo’lib, klip iste’dodli klipmeyker Jonreed Sagdiyev tomonidan suratga olindi. Klip g’oyasi Ahmad Temirovga tegishli bo’lib, Klipda Johongir Poziljonov, Bahriddin Zuhriddinov, Feruza Normatova, Javlon Shodmonov, Ahmad Temirovlar rol ijro qilishgan. Ko’raylikchi, ikki shoumen, o’ynamaydiganni ham o’ynatadigan qo’shiqchilarning navbatdagi ijod mahsuli qanday chiqdi ekan?!

 

Bojalar ft Bahriddin Zuhriddinov - Xadicha [MP3] (Ko'chirib olish)

Bojalar ft Bahriddin Zuhriddinov - Xadicha [AVI] (Ko'chirib olish) [KLIP AVI formatda]

Bojalar ft Bahriddin Zuhriddinov - Xadicha [MP4] (Ko'chirib olish) [KLIP mobil formatda]

 

maqola muallifi: Feruz Muhammad

 
Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 728 | Добавил: Admin | Рейтинг: 3.5/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]