Janubiy Koreyaning Pusan shahri metrosida ikkita poezd to'qnashib ketdi, oqibatda 50 nafar yo'lovchi jabrlandi. Halokat 22 noyabr kuni ertalab sodir bo'ldi. 200 nafar yo'lovchisi bor poezd yer osti yo'lida nosozlik sababli to'xtab qolgan. Uni buksirga olish maqsadida boshqa poezd yuborilgan. Noaniq sabablarga ko'ra, yuborilgan poezd vaqtida to'xtay olmay, yo'lida turgan poezdga urilib ketgan. Bu zarbadan esa yo'lovchili poezd relslardan chiqib ketgan va 50 kishi jarohatlangan. Aksariyat yo'lovchilarning holati og'ir. Pusan mamlakat janubida joylashgan bo'lib, u kattaligi bo'yicha Koreyada ikkinchi o'rindagi shahar hisoblanadi. Unda 3,5 million kishi istiqomat qiladi.
|