01:15
Ilk qadamdanoq professionallik…

Aksari hollarda ko’plab ijodkorlarning birinchi qadami uning butun umrlik ijodiga tamal toshi qo’yadi. Bekorga ijodkorning ilk qo’shig’i uning “tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi” deyilmaydi. Xuddi shunday yosh ijodkor Shahboz Qahhorov ilk klipini yaxshi niyat bilan muxlislarga taqdim etish istagida. Qo’shiq “Oygulim” deb nomlanib, matni va musiqasi Shohjahon Ergashevga tegishli, musiqiy sayqal esa Farruh Umarov tomonidan yaratilgan. “Oygulim” uchun Rauf Nabiyev tomonidan klip suratga olindi. Klip syujet va track janrida bo'lib, qo'shiq ruhiyati va mazmunidan kelib chiqqan holda suratga olindi. Xonanda ilk qadamidanoq professionallikka katta etibor bergan desak mubolag’a bo’lmagay. Nima ham derdik, davomi davomli bo’lsin… Tez kunda esa klip premyerasi ...

 

Shahboz Qahhorov - Oygulim [MP3] (Ko'chirib olish)

 

maqola muallifi: Feruz Muhammad

 
Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 520 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]