Iste'dodli honanda Husan ayriliq azobiga duchor bo'ldi? Yohud sevgan yori Husandan yuz o'girdimi? Bu kabi savollar negadir bizni ajablantirmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda honanda Husan "Dildor" ismli bir qizdan kechirim so'rayotganmush, sababi bizga qorong'u balki ikki sevishgan qalblarni sevgisiga gumon aralashgandir balki ular orasida qandaydir gap o'tganmikin? Hullas shuni aytib o'tishimiz joizki kuni kecha Husan ijod qilayotgan studioga tashrifimiz chog'ida shuni bildikki, honanda Husan o'z hayotida bo'lgan voqeani qo'shiq qilib kuylash niyatida yangi ijod namunasi ustida ish olib borayotgan edi. Hamda shu narsa bizga ayon bo'ldi: Husan sevgi bobida pand yedi ya'ni honandani suyukli yori turmush qurish niyatidan voz kechib Husandan yuz o'g'irdi. Bu holatdan ta'sirlangan honanda sevgan yorining ismi bilan nomlangan yangi qo'shiq ijro etdi. Qo'shiq "Dildor" deya nomlangan bo'lib, qo'shiq matni Husan tomonidan yozilgan hamda Jasur Badalbayev tomonidan musiqiy sayqal berildi. Honandaning aytishicha tez kunda qo'shiq muxlislar e'tiboriga xavola etiladi va shuning bilan birga aynan o'sha Dildor ismli qizga qarata jarang sochadi.
|