18:34
Hali taqdim etilmagan Sony Xperia E4 smartfonining suratlari paydo bo‘ldi

Sony kompaniyasi sentabr oyida Xperia E3 smartfonini taqdim etgan edi. Phonearena.com saytining xabar berishicha, kompaniya yaqin orada ushbu smartfonning davomchisini taqdim etishi mumkin.

 

 

 

Sony-Xperia-E4

Teleguru nomli Polsha sayti esa Xperia E4 smartfonining rasman tasdiqlanmagan suratlari va ayrim texnik imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Taxminlarga ko‘ra yangi smartfon avvalgisi kabi 4,5 dyuym 480×854 pikselli emas, 5 dyuym 540×960 pikselli displeyga ega bo‘ladi. Shu bilan birga unda 1,3 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 1 Gb tezkor xotira o‘rnatilishi kutilmoqda.

Sony-Xperia-E4 (1)

Sony kompaniyasi Xperia E4 smartfonini mart oyida taqdim etishi va u 200 dollardan sotila boshlanishi mumkin. Ushbu smartfon Android 5.0 Lollipop operatsion tizimida ishlashi taxmin qilinmoqda.

 

manba: parol.uz

Категория: QIZIQ MALUMOT | Просмотров: 817 | Добавил: zevs | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]