12:50
Gulsanam Mamazoitovdan yang qo'shiq premyerasi "Muxabbat"

Kuni kecha O’zbekiston Xalq artisti Gulsanam Mamazoitova yozning jazirama, issiq kunlariga qaramay Farg’ona shahrida joylashgan Amfiteatrida farg’onalik muhlislarini talab va istaklariga binoan yakkaxon konsert dasturini xavola etdi. Xonanda turli tadbir va konsertlar bilan band bo’lishiga qaramay yangi qo’shiqlarini sog’ingan muhlislariga sovg’a sifatida “Muhabbat” deb nomlangan yangi taronasini kuyladi. Ushbu qo’shiq matni taniqli shoira Rislig’oy Xatamovaga musiqasi esa Sarvar Rahmatxo’jayevga tegishlidir. Bu safar xonanda ishq muhabbatdan oh tortib kishini yig’lashga tarona emas, aksincha, sevishgan ko’ngillarni yanada sevishga chorlovchi, yoqimli qalblarimizni ishqdan xushnud etuvchi, ma’nodor so’zlarga ega sokin qo’shiq kuyladi.

Ma’lumot o’rnida yana bir yangilikni aytib o’taman. Gulsanamxon Mamazoitova ustozlar bisotidan “Tanovar” qo’shig’ini O’zbekiston bulbuli Tavakkal Qodirov yo’lida ijro qildi. Qo’shiqqa Buxoro viloyati cho’llarida klip ham suratga oldi. Yaqin kunlarda yangi qo’shiq va yangi klipni siz aziz muhlislar e’tiboriga taqdim etish niyyatidamiz. Unda qadar esa marhamat "Muxabbat" taronasini tinglang va baxo bering.



 

Gulsanam Mamazoitova - Muxabbat [MP3] (Ko'chirib olish)


 



 

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 1020 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]