Nafaqat sho‘x qo‘shiqlari balki, mungli xonishlari ila xalqimiz orasida barchaning ko‘nglini zabt eta olgan O‘zbekiston Xalq artisti Gulsanam Mamazoitovadan yangi tarona. Honanda ayriliqdan dard chekayotgan oshiqning sevgisini madh etuvchi “Sensizlikda” deb nomlangan ushbu mahzun qo‘shiqni o‘z o‘rnida, chin yurakdan va shirali ovozi uyg‘unligida maromiga yetkazib ijro etdi. Xattoki yangi ijod namaunasi uchun maxsus video klip ham tasvirga olindi. Gulsanam Mamazoitova Nodir Azimov so‘zi va Iqbol Muhammad musiqasi asosida yaratilgan, muxabbatdan yongan qalblarni jumbushga keltiruvchi, yangi ijod namunasini yaqin kunlarda siz aziz muxlislarimizga xavola etish niyatida.
|