11:39
Gulchehra Eshonqulova chempion bo'ldi!
O'zbek kinosining yorqin aktrisalaridan biri, ajoyib iste'dod egasi, o'z kasbining mohir ustasi Gulchehra Eshonqulova "Photo Cup" loyihasining 2-chempionatida g'olib bo'lib, mazkur loyihaning 2-chempioni sifatida tarixdan o'rin oldi. Ushbu yutuq bilan biz Gulchehrani muborakbod etamiz.

Bu kabi g'alaba har kimga va har doim ham nasib etavermaydi. "Photo Cup" loyihasning birinchi chempionatida maftunkor estrada xonandasi Shahzoda birinchilikni qo'lga kiritganligi barchamizga ma'lum. Endi esa uning safiga Gulchehra Eshonqulova ham kelib qo'shildi. Ular 2012 yilning eng yaxshi fotosurati uchun kuz faslida bo'lib o'tadigan "foto-jang"da ishtirok etishadigan bo'lishdi. Unga qadar esa hali yana 3 nafar fotosurat ushbu chempionatda g'olib bo'lishlari lozim. Umumiy hisobda 5ta fotosurat yil fotosurati bo'lish uchun kurashadilar.
Endi esa bevosita 2-chempionatning so'nggi turi, ya'ni final uchrashuvi haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Final o'yinida Bollivudning yorqin aktyori Hrithik Roshan hamda iste'dodli aktrisamiz Gulchehra Eshonqulovalar kuch sinashgan edilar. Natijada esa 19 - 17 hisobida Gulchehra g'oliblikka erishdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng PC Reytingdagi natijalarga nazar tashlar ekanmiz, u yerda Gulchehrani birinchi o'ringa chiqib olganligini kuzatishimiz mumkin. Ikkinchi pog'onada esa Shahzoda bormoqda. Kuchli 3talikni Lola yakunlab beradi. Navbatdagi chempionat o'yinlaridan so'ng PC Reytingda yana katta o'zgarishlar bo'lishi aniq!
Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 1231 | Добавил: Mc-321 | Рейтинг: 4.0/2
Всего комментариев: 9
9 nıluwka  
0
bunaqası y6q xalı manım4a omad

8 armon1989  
0
yaxwi ko'ramande wu aktrisani

7 hcnives  
0
bola dy

6 voy_uz_erkasi  
0
yana kutamiza

5 voy_uz_erkasi  
0
chiroyli aktrisa

4 voy_uz_erkasi  
0
omad

3 voy_uz_erkasi  
0
mal u.n raxmat

2 JANOB  
0
Omad unga

1 JANOB  
0
Malumod uchun raxmat

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]