11:04
Germaniyalik futbolchining JCh finalida gol urgan butsasi 2 mln yevroga baholandi

Germaniya terma jamoasi futbolchisi Mario Gyotsening chap oyoq butsasi xayriya kimoshdi savdosida 2 million yevroga baholandi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Futbolchi 2014-yildagi jahon chempionati finalida aynan shu oyoq kiyimida g‘alaba golini kiritgan edi.

JCh — 2014 final uchrashuvida ajratilgan qo‘shimcha vaqtda Gyotsening goli germaniyaliklarga argentinaliklar ustidan 1:0 hisobida g‘alaba bilan birga, jahon chempioni unvonini keltirgan edi.

Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 653 | Добавил: Admin | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]