Ko’pgina tanqidlarga qaramay o’z yo’lida sobitlik bilan ijod qilishda davom etayotgan xonanda Bahriddin Zuhriddinov 1-2 noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Jo’shqin qalbim sadosi” nomli ilk yakkaxon konsert dasturi taqdim qilayotganidan xabaringgiz bor. Ko’plab muxlislarning talab va istaklari bilan taqdim qilinayotgan konsert dasturi haqiqiy shou darajada o’tishiga shubha yo’q. Sababi konsertda Bahriddin Zuhriddinovning raqsbob, barchani beixiyor raqsga chorlaydigan qo’shiqlaridan tashqari, jiddiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega qo’shiqlari ham konsert dasturiga kiritilgan. Konsertda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xonanda Hosila Rahimova va Bojalar guruhining solisti Jahongir Poziljonov mehmon bo’lishi ham nur ustiga a’lo nurdir. Bundan tashqari Comedy.uz yigitlari ham xizmatga shay bo’lib turishibdi. Bu konsertning yana bir eng ahamiyatli tomoni shundaki, konsert dasturi shu vaqtgacha faqatgina Ozodbek Nazarbekovning konsert dasturlariga rejissorlik qiladigan mashhur rejissor Sa’dulla Abdullayevning rejissorligi ostida bo’layapti.
Konsert chiptalarini o’z vaqtida olganlar haqiqiy shouning guvohi bo’lishadi, olmaganlar esa kech qolishdi chunki konsert chiptalari 29 oktyabrda sotib bo’lindi. Xullas endi bilet topa olmaysiz…
maqola muallifi: Feruz Muhammad
|