Shveytsariyaning Bazel shahridagi botanika bog'ida dunyodagi eng katta gul ochildi. Titan Arum deb nomlanuvchi gulning balandligi 2,27 metr keladi. Gulning gulbarglari to'q qizil rangda, so'tasi esa sariq. Guldan aynigan go'shtning hidi kelishiga qaramasdan, uni tomosha qilish uchun ko'plab odamlar tashrif buyurdi, deya xabar beradi Geneva Lunch. Titan Arumni "ifori” uchun "murda gul” deb atashadi. Unday o'tkir hid va yorqin rang changlatuvchilarni, ya'ni o'laksaxo'r pashshalar va qo'ng'izlarni o'ziga jalb etishi kerak. Tabiiy sharoitlarda gul faqat Sumatra oroli changalzorlarida o'sadi. Shuningdek, uni botanika bog'larida ko'rish mumkin. Titan Arum 20-40 yilda bir marta va bor- yo'g'i ikki kungina gullaydi. Dunyo bo'ylab ushbu o'simlik gullagan faqat 163 holatgina qayd etilgan. Shveytsariyada "titan” ilk bora gulladi.
|