06:06
Dilso'z endi uchadimi?!!
O'zining maftunkor ovozi bilan tabora ko'ngillarni zabt etib kelayotgan latofatli xonanda Dilso'z va nihoyat navbatdagi klipini suratga oldi. "New star-Media" prodyusserlik markazining erkatoy arzandasi bu gal ham barchaning ko'ngliga sharqona nazokat bilan qo'l solishga kirishgan.

Allaqachon o'z muxlislarini topgan "Ohlarim mani" taronasiga klipni o'sha "Begim" klipining rejissori Mirmaqsud Oxunov hamda Rustam Murodovlar suratga oldi. Bosh rol ijrochisi xalqimizning sevimli aktyori Adiz Rajabov. Klip haqida batafsil ma'lumot hozircha yo'q biroq ozgina sirni bilib oldik, klipda Dilso'z naqd qush kabi parvoz etadi. Juda xavfli tryuklarni dublyor aktrisa emas, Dilso'zning o'zi bajargani esa tahsinga sazovor. Xullas intizorlik bilan kutilayotgan navbatdagi ijod asari omadli chiqishiga tilakdoshmiz.
Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 1780 | Добавил: Adminus | Рейтинг: 2.1/7
Всего комментариев: 4
4 Sallah  
0
You have shed a ray of susnhnie into the forum. Thanks!

3 Abror4323  
0
Ijodlariga gap yo'q

2 Kumush_88  
0
Ijodlariga omad

1 DeUs_AbDuLLaTiF  
0
kutamiz

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]